February 28, 2023

ERIELL: Поддержка хоккея Узбекистана

ERIELL: Поддержка хоккея Узбекистана

ERIELL Group на протяжении многих лет поддерживает развитие хоккея Узбекистана. Группа компаний является Генеральным спонсором хоккейного клуба «Хумо» и испытывает искреннюю радость и гордость за каждую победу спортсменов.
Совсем недавно «Хумо» вышел в полуфинал Профессиональной хоккейной Лиги Казахстана, и болельщики с нетерпением ждут новых игр.

При этом хоккейный клуб Узбекистана беспроигрышно провел все четыре последние встречи с казахстанским «Горняком» как на домашнем льду Хумо Арены, так и в гостях.

Еще одним достижением отечественного хоккея можно считать первый выезд детской сборной Узбекистана по хоккею на состязания «Дети Азии». Они проходят с 25 февраля в Кемеровской области России.

В программу II зимних Международных спортивных игр «Дети Азии» вошли соревнования по хоккею, лыжным гонкам, конькобежному спорту, сноуборду, горнолыжному спорту, фигурному катанию на коньках и другим дисциплинам.

Президент Федерации хоккея Узбекистана Бахтиёр Фазылов заявил: «Развитие детско-юношеского хоккея в стране является одним из главных направлений деятельности Федерации. Команда, представляющая нашу страну на играх «Дети Азии» – это, в своем роде, первая ласточка. Верю, что в ближайшие несколько лет эти ребята окрепнут, прибавят в мастерстве, станут ядром главной сборной команды страны и будут достойно представлять Узбекистан на самых престижных хоккейных турнирах».

ERIELL: O‘zbekistonda xokkeyni qo‘llab-quvvatlash

ERIELL Group kompaniyasi ko‘p yillar mobaynida O‘zbekistonda xokkey rivojlanishini qo‘llab-quvvatlab keladi. Kompaniyalar guruhi “Humo” xokkey klubining Bosh homiysi hisoblanib, sportchilarning har bir g‘alabasiga chin dildan hursand bo‘ladi hamda ular bilan g‘ururlanadi. Yaqinda “Humo” jamoasi Qozog‘iston Professional xokkey ligasida yarim finalga chiqdi va muxlislar yangi o‘yinlarni intiqlik bilan kutmoqda.

Shu bilan birga O‘zbekiston xokkey klubi Qozog‘istonning “Gornyak” jamoasi bilan so‘nggi to‘rtta uchrashuvni Xumo Arena maydonlarida ham, mehmonlar maydonlarida ham mag‘lubiyatsiz o‘tkazdi.

Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston bolalar terma jamoasining “Osiyo bolalari” musobaqasiga ilk bor chiqishi mamlakat xokkeyining yana bir yutug‘i deb hisoblash mumkin. Musobaqalar 25 fevraldan Rossiyaning Kemerov viloyatida o‘tkazilmoqda.

“Osiyo bolalari” II qishki xalqaro sport o‘yinlari dasturidan xokkey, chang‘i poygalari, konkida yugurish sporti, snoubord, tog‘-chang‘i sporti, konkida figurali uchish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha musobaqalar o‘rin olgan.

O‘zbekiston xokkey federatsiyasi prezidenti Baxtiyor Fazilov ular haqida shunday deydi: «Mamlakatimizda bolalar-o‘smirlar xokkeyini rivojlantirish Federatsiyaning bosh yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. “Osiyo bolalari” o‘yinlarida vatanimiz sharafini himoya qilayotgan jamoa – bu yo‘nalishdagi birinchi qaldirg‘ochlardir. O‘ylaymanki, kelgusi yillarda bu bolalar baquvvatlashadi, mahoratini oshiradi, mamlakatimiz asosiy terma jamoasining yadrosiga aylanadi va eng nufuzli xokkey turnirlarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qiladi».