February 11

ERIELL Group провела мероприятия по внедрению программы безопасности

ERIELL Group провела мероприятия по внедрению программы безопасности

Специалисты Управления промышленной безопасности ERIELL Group 8 и 9 февраля провели мероприятия в Карши по внедрению программы «Пять шагов безопасности».

Цель программы — работать безопасно и без травм. Главная задача — научить каждого сотрудника предвидеть и устранять опасные ситуации. Программа рассчитана на весь год. Она включает в себя следующие шаги:
1. Сделать паузу и продумать работу
2. Определить опасности и возможные последствия
3. Решить, как защитить от опасности себя и других
4. Решить, что делать в экстренных случаях
5. Принять решение о возможности начинать или продолжать работу.

8 февраля на базе производственного обеспечения прошла презентация программы для руководителей служб, главных технологов, геологов и инженеров. В актовом зале присутствовало почти 60 человек. Мастер-класс провёл Маматкулов Рауф Раимович, начальник управления промышленной безопасности, охраны труда и охраны окружающей среды Eriell Oilfield Services Middle East DMCC РБЕ Средняя Азия.

«Каждый работник должен осознавать риски и возможности и применять инструменты безопасности в своей работе. Радует, что слушателям было интересно. После показа презентации у многих возникли вопросы, и мы вместе искали на них ответы. Руководители служб отметили полезность программы и пообещали внедрить программу в работу персонала», — рассказал Рауф Маматкулов.

Всем присутствовавшим на собрании раздали карманные брошюры по безопасности на двух языках.

Второй день мастер-класса продолжился на объекте. Работникам рассказали про пирамиду безопасности и о цели внедрения программы. Большая часть тренинга была посвящена тщательному разбору несчастных случаев, которые возникают на объектах.

«После мастер-класса на объекте наша команда вернулась на базу производственного обеспечения. Мы увидели, что там собралось почти 300 человек — рабочий персонал. Накануне мы рассказывали о нашей программе их руководителям, а потом и сами рабочие захотели ознакомиться с ней. Значит, вопрос безопасности на рабочем месте важен для каждого сотрудника — это говорит об ответственном подходе к работе со стороны персонала», — рассказал Рауф Раимович.

Он также подчеркнул, что проведение подобных мероприятий приводят к позитивным изменениям в компании: повышают квалификацию сотрудников и помогают в создании лучших условий на рабочих местах.

ERIELL Group tomonidan xavfsizlik dasturini joriy etish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 8-9 fevral kunlari ERIELL Group Sanoat xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Qarshida «Xavfsizlik sari besh qadam» dasturini joriy etish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

Dasturning maqsadi xavfsiz va jarohatlarsiz ishlashdan iborat. Uning asosiy vazifasi har bir xodimni xavfli vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilish va bartaraf etishga o‘rgatishdan iborat. Dastur bir yilga mo‘ljallangan. U quyidagi qadamlarni o‘z ichiga oladi:
1. Tanaffus qilib, ishni o‘ylab olish
2. Xavflar va ehtimoliy asoratlarni aniqlash
3. Qanday qilib o‘zimiz va boshqalarni xavfdan himoya qilishimmzni hal qilish
4. Favqulodda vaziyatlarda nima qilish kerakligini hal qilish
5. Ishni boshlash yoki davom ettirish imkoniyati to‘g‘risida qaror qabul qilish.

8 fevral kuni ishlab chiqarish ta'minoti bazasida xizmatlar rahbarlari, bosh texnologlar, geolog va muhandislar uchun taqdimot o‘tkazildi. Faollar zalida qariyb 60 kishi ishtirok etdi. Mahorat darsi O‘rta Osiyo MBB Eriell Oilfield Services Middle East DMCC sanoat xavfsizligi, mehnat va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Mamatkulov Rauf Raimovich tomonidan o‘tkazildi.

«Har bir xodim xatarlar va imkoniyatlarni anglab yetishi hamda o‘z faoliyatida xavfsizlik vositalaridan foydalanishi lozim. Tinglovchilarga bu qiziq bo‘lgani quvonarli. Taqdimotdan so‘ng ko‘pchilikda savollar tug‘ildi va biz ularga birgalikda javob izladik. Xizmatlar rahbarlari dasturning foydaliligini qayd etib, uni xodimlar faoliyatiga joriy etishga va'da berdi», — dedi Rauf Mamatkulov.

Yig‘ilishda qatnashganlarga xavfsizlik bo‘yicha ikki tilda chop etilgan cho‘ntak risolalar tarqatildi.

Mahorat darsining ikkinchi kuni ob'ektda davom etdi. Xodimlarga xavfsizlik piramidasi va dasturni joriy etish maqsadi xususida so‘zlab berildi. Treningning asosiy qismi ob'ektlarda yuzaga keladigan baxtsiz hodisalarning batafsil tahliliga bag‘ishlandi.

«Ob'ektda o‘tgan mahorat darsidan so‘ng jamoamiz ishlab chiqarish ta'minoti bazasiga qaytdi. Biz u yerda qariyb 300 nafar ishchi xodimlar yig‘ilganiga guvoh bo‘ldik. Shu kunlarda biz ularning rahbarlariga dasturimiz to‘g‘risida so‘zlab bergan edik, shundan so‘ng ishchilarning o‘zlari ham u bilan tanishish istagini bildiribdi. Demak, ish joyidagi xavfsizlik masalasi har bir xodim uchun zarur va bu xodimlar ishga mas'uliyat bilan yondashishidan dalolatdir», — dedi Rauf Raimovich.

U shuningdek bunday tadbirlar o‘tkazilishi kompaniyada ijobiy o‘zgarishlar - xodimlar malakasini oshirish va ish joyida eng yaxshi sharoitlar yaratilishiga olib kelishini qayd etdi.