February 3, 2023

Самаркандский международный технологический университет начал свою работу

Самаркандский международный технологический университет начал свою работу

1 февраля Самаркандский международный технологический университет (СМТУ) открыл свои двери для первых студентов. Обучение студентов бакалавриата проводится по двум направлениям – «Предпринимательство и менеджмент» и «Информационные технологии». А уже в сентябре 2023 года вуз откроет широкий спектр направлений для еще большего числа студентов.

Студентов нового передового университета поздравил его ректор – профессор Юсуф Негматович Абдуллаев. В приветственной речи Юсуф Негматович отметил, что в стенах Международного технологического университета образование получают самые достойные кандидаты, прошедшие серьезный отбор.

«Им предстоит доказывать соответствие своего уровня вузу на протяжении всего обучения, чтобы в дальнейшем стать настоящими профессионалами, столь необходимыми Новому Узбекистану», — сказал Юсуф Абдуллаев.

Новый университет в своей работе основывается на современных международных стандартах в организации обучения и практики будущих специалистов. В профессорско-преподавательский состав вуза вошли лучшие специалисты из разных стран мира, и отбор самых достойных педагогов и тренеров будет вестись на постоянной основе.

В числе зарубежных преподавателей профессора Джозеф Сапиенца из Италии, Аннамари Бассон из ЮАР, Мухаммед Гоуз Галети из Индии, Айви Силверман из США, Дорота Сильвия Маевич из Польши.

Сегодня во главе угла стоят вопросы качественного образования для подготовки высококлассных специалистов разных сфер и направлений. В их числе, несомненно, и энергетическая и нефтегазовая отрасли, горная промышленность, IT-сфера. Учитывая всю важность и ответственность в деле освоения знаний для будущего развития Узбекистана, Председатель Правления ERIELL Group Бахтиёр Фазылов возглавил Попечительский совет Самаркандского международного технологического университета.

Кроме того, Бахтиёр Шухратович выделил гранты на обучение трех первокурсников, набравших наивысшие баллы на вступительных экзаменах.

Новый вуз не собирается останавливаться на уже достигнутом и в скором времени планирует открыть при Университете Корейский колледж технологий и культуры под руководством профессора Хван Сунг Дона, являющегося Генеральным секретарем сети университетов Шелкового пути (Республика Корея).

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti o‘z faoliyatini boshladi

Joriy yilning 1 fevral kuni Samarqand xalqaro texnologiya universiteti ilk talabalari uchun o‘z eshiklarini ochdi. Bakalavriat talabalari ikki yo‘nalish – «Tadbirkorlik va menejment» va «Axborot texnologiyalari» bo‘yicha o‘qitiladi. 2023 yil sentyabr oyida esa universitet yanada ko‘proq talabalar uchun keng spektrli yo‘nalishlarni taqdim etadi.

Yangi ilg‘or universitet talabalarini universitet rektori– professor Yusuf Negmatovich Abdullaev tabrikladi. Yusuf Negmatovich o‘zining tabrik nutqida jiddiy tanlovdan o‘tgan eng munosib nomzodlargina xalqaro texnologiya universitetida ta'lim olishini ta'kidladi.

«Kelajakda Yangi O‘zbekiston uchun kerakli bo‘lgan haqiqiy professional bo‘lib yetishishlari uchun ular butun o‘qish davomida universitetda o‘z bilim saviyasini isbotlashi kerak bo‘ladi», — deydi Yusuf Abdullaev.

Yangi universitet o‘z faoliyatida bo‘lajak mutaxassislarning ta'lim olishi va amaliyotini tashkil etishda zamonaviy xalqaro standartlarga asoslanadi. Oliy o‘quv yurtining professor-o‘qituvchilar tarkibiga dunyoning turli mamlakatlarining eng yaxshi mutaxassislari kirgan bo‘lib, eng munosib pedagoglar va murabbiylarni tanlash muntazam ravishda olib boriladi.

Xorijlik o‘qituvchilar orasida Italiyalik Jozep Sapiensa,Janubiy Afrika Respublikasidan Annamari Basson, Hindistonlik Muhammad Gouz Galeti, AQShdan Ayvi Silverman, Pol'shadan Dorota Sil'viya Maevich kabi professorlar bor.

Bugungi kunda turli soha va yo‘nalishlarning yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlash uchun sifatli ta'lim masalalari birinchi o‘rinda turadi. Ular orasida, shubhasiz, energetika va neft'-gaz sohasi, tog‘-kon sanoati, IT-sohalari bor. O‘zbekistonning kelajak taraqqiyoti uchun bilimlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi ahamiyati va mas'uliyatini inobatga olib, ERIELL Group kompaniyasining boshqaruv raisi Baxtiyor Fazilov Samarqand xalqaro texnologiya universitetining Vasiylik kengashiga rahbarlik qiladi.

Bundan tashqari, Baxtiyor Shuxratovich kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar 1 kurs talabalarining tahsil olishi uchun grant ajratdi.

Yangi universitet erishilgan natijalari bilan cheklanib qolmaydi va tez orada universitet qoshida Ipak yo‘li universitetlari tarmog‘ining (Koreya Respublikasi) Bosh kotibi, professor Xvan Sung Don boshchiligida Koreya texnologiya va madaniyat kollejini ochishni rejalashtirmoqda.