1C dasturchisi bilan Bir Kunni
Biz 1C dasturchisi Ismoilova Malika Erkinovna bilan #BirKunni o‘tkazdik. Qahramonimiz Kompaniyalar guruhga 2014 yil sentyabr' oyida buxgalteriya bo‘limiga ishga kelgan, keyinchalik esa rejalashtirish-iqtisodiyot bo‘limiga iqtisodchi lavozimiga o‘tkazilgan. 2020 yil iyun' oyidan Malika Erkinovna avtomatlashtirish bo‘limida 1C dasturchisi bo‘lib ishlashni boshlagan.
ERIELL Group xodimasi uchun ishdagi eng muhim va asosiy jihat qandaydir yangi narsani bilish imkoniyati hisoblanadi.
«Men uchun o‘z mehnatim foydasini anglash muhim. Malakam va bilimlarim hamkasblarimdan biriga yordam berib, ularning ish kunini osonlashtirsa, kunim baroridan keldi, deb hisoblayman. Aynan bu mening dasturchilikka intilishim sabablaridan biridir», — deya qo‘shimcha qildi Malika Ismoilova.
Qahramonimizning ish kuni pochta va foydalanuvchilardan kelib tushgan talabnomalarni tekshirishdan boshlanadi. Talabnomalar bo‘lsa, Malika Ismoilova ularning har birini alohida ko‘rib chiqadi va zarurat tug‘ilganda ularning mualliflari bilan bog‘lanadi.
«Echimi kam vaqt talab etadigan vazifalarni darhol bajarishga harakat qilaman, zero odamlar tezroq ishini davom ettirishi mumkin bo‘lsin. Odatda, bizda yechimi bir necha kunni talab etadigan katta murakkab vazifalar bo‘ladi. Masalan, yangi hujjat yaratish yoki murakkab hisobot tayyorlash. Ish kunimning asosiy qismida men ana shunday vazifalar bilan shug‘ullanaman».
Malika Erkinovnaga kun davomida 1C foydalanuvchilari turli masalalarda qo‘ng‘iroq qiladi. Masalan, bu hujjatlarda xato yuzaga kelishi, dasturlardan foydalanishda qiyinchiliklar yoki konsul'tasiya olish zarurati paydo bo‘lishi mumkin.
«Har bir masalani men juda qisqa vaqtda hal etishga harakat qilaman. Ko‘pincha maslahat so‘rab hamkasb-dasturchilarga murojaat qilishimga to‘g‘ri keladi. Eng ajoyib jamoada ishlash baxtiga muyassar bo‘lganimdan xursandman. Ular doim yordam qo‘lini cho‘zish, qo‘llab-quvvatlash, maslahat berishga tayyor», — deydi Malika Ismoilova.
ERIELL Groupda o‘tgan yetti yil davomida qahramonimiz yirik murakkab loyihalar bilan ishlash, odamlar bilan muloqot qilish bo‘yicha tajriba orttirdi, shuningdek analitik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga muvaffaq bo‘ldi. Malika Erkinovna bunday kuchli mutaxassislar va olijanob insonlar bilan ishlayotganidan faxrlanishini qayd etdi.
1C dasturchisi majburiyatlariga texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, talabnomalar bilan ishlash, turli hujjatlar, hisobotlar va dastur foydalanuvchilari ehtiyojlari uchun boshqa ob'ektlarni yaratish kiradi.
«To‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyatlarimdan tashqari men shuningdek 1C bazasida ish jarayonlarini maqbullashtirish bilan ham shug‘ullanganman, shu bilan birga qo‘l mehnatini osonlashtirishi va vaqt bilan bog‘liq cho‘zilishlarni qisqartirishi mumkin bo‘lgan turli hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan Excel-modellarni yaratganman. Biroq, men doimo 1C ichkaridan qanday ishlashini ko‘rishni istardim», — deb tushuntiradi qahramonimiz.
ERIELL Groupda unda shu imkoniyat paydo bo‘ldi va Malika Erkinovna dasturlash bilan shug‘ullanishni boshladi.
«Mana bir yildan ortiq vaqt davomida 1C dasturchisi bo‘lib ishlab kelmoqdaman. Soha bo‘yicha ma'lumotim yo‘qligi bois dasturlashni "jonli" vazifalar yordamida o‘rganganman. Hamkasblarim qo‘llab-quvvatlashi, o‘gitlari va sabr-toqati tufayli soha sirlarini yaxshi egallashga muvaffaq bo‘ldim».
Malika Ismoilovaning so‘zlariga ko‘ra, uning uchun baxt — bu o‘z yo‘lingni tanlash va o‘z hayoting bilan yashash imkoniyatidir.