July 6, 2023

Учебно-ознакомительная практика для «губкинцев»

Учебно-ознакомительная практика для «губкинцев»

ERIELL Group на протяжении всей своей деятельности серьезно относится вопросам подготовки, переподготовки и повышения квалификации персонала.

Исходя из Концепции развития системы высшего образования Республики Узбекистан, утвержденной Указом Президента РУз от 08.10.2019 года, активное привлечение заказчиков (производственников) к процессу подготовки высококвалифицированных специалистов определено как стратегическое и приоритетное направление развития системы высшего образования.

Так, с 2017 года у ERIELL Group налажено тесное сотрудничество с филиалом РГУ нефти и газа им. И. М. Губкина по организации и проведению учебно-учебно-ознакомительной и производственной практики студентов. За истекшее время около тысячи студентов успешно прошли ее на производственных площадках Группы компаний, и теперь трудятся на нефтегазовых объектах Узбекистана.

4 июля стартовала очередная учебно-ознакомительная практика для студентов – «губкинцев» II курса по специальности «Бурение нефтяных и газовых скважин». На этот раз обогатят свои знания 45 молодых людей, желающих посвятить себя одной из престижных и ответственных профессий. Опыт прошлых лет показал, что большинство студентов относятся к учебному процессу со всей ответственностью и отдачей, обладают желанием, достаточной подготовкой и необходимыми качествами, чтобы стать профессионалами в нефтегазовой отрасли.

Приветствовали студентов Директор филиала РГУ в г.Ташкенте проф. А. Ф. Максименко, Заместитель главы Представительства РБЕ Средняя Азия ERIELL Group А. А. Юнусов, которые в своем обращении выразили надежду, что каждый студент станет достойным профессионалом, приложив все усилия и полученные знания на практике. Профессор А. Ф. Максименко выразил признательность и благодарность руководству и всему коллективу Группы компаний за оказываемые внимание и заботу в интеграции образовательного и производственного процессов, активное участие и вносимый вклад в подготовке достойных специалистов.

В процессе практики студентам предоставляется возможность получения также рабочей профессии – помощник бурильщика. Учебные курсы проводятся опытными преподавателями НОУ ERIELL prof education. Цикл обучения рабочей профессии студентов включают в себя два этапа: теоретическая часть курса в аудиториях вуза в Ташкенте, и практическая – на учебно-тренировочном полигоне и производственных площадках ERIELL Group в Карши.

Теоретическую часть курса в г.Ташкенте проведет опытный преподаватель ERIELL prof education Олег Ходжикулов, который обучит студентов основам работы на объектах, навыкам профессии, расскажет о важности соблюдения мер безопасности и всех необходимых составляющих деятельности на буровой.

Для эффективного освоения новых знаний в Учебном центре Группой компаний приобретены новейшие тренажеры-симуляторы.

После прохождения теоретических занятий по программе учащиеся проходят курс практических занятий на тренажере DrillSim-20, предназначенном для симуляции газонефтеводопроявления и контроля за скважиной. Симулятор приобретён с целью обучения буровых бригад и подготовки кадров для отечественных и зарубежных проектов по требованиям IADS.

На тренажере DrillSim-20 Drilling & Control Simulator можно производить бурение, настраивать превенторы, выбирать методы герметизации устья скважины и глушение, менять реологию раствора на необходимый для дальнейшего бурения или глушения скважины.

Учебно-тренировочный полигон, оснащенный буровой установкой, позволяет усилить эффективность обучения и повышения квалификации персонала буровых бригад методам бурения, промывки, спуско-подъёмных операций, каротажных работ, геофизических исследований.

По окончании обучения рабочей профессии и практики студентов будет проведена оценочная проверка полученных знаний и даны необходимые заключения каждому практиканту.

“Gubkin” talabalari uchun o‘quv-tanishtiruv amaliyoti

ERIELL Group kompaniyasi o‘zining butun faoliyati davomida xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga jiddiy qaraydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini rivojlantirish Konsepsiyasidan kelib chiqib, buyurtmachilarni (ishlab chiqaruvchilar) yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayoniga faol jalb etish oliy ta'lim tizimini rivojlantirishning strategik va ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan.

Shunday qilib, 2017 yildan buyon ERIELL Group kompaniyasi talabalarning o‘quv-o‘quv-tanishtiruv va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat universiteti filiali bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. O‘tgan vaqt ichida mingga yaqin talabalar uni kompaniyalar guruhining ishlab chiqarish maydonchalarida muvaffaqiyatli o‘tkazib, bugungi kunda O‘zbekistonning neft'-gaz ob'ektlarida mehnat qilmoqda.

Joriy yilning 4 iyul kuni “Neft va gaz quduqlarini burg‘ulash” ixtisosligi bo‘yicha II kurs Gubkin talabalari uchun navbatdagi o‘quv-tanishuv amaliyoti boshlandi. Bu safar nufuzli va mas'uliyatli kasblardan biriga o‘zini bag‘ishlashni istagan 45 nafar yoshlar o‘z bilimini boyitadi. O‘tgan yillar tajribasi aksariyat talabalar o‘quv jarayoniga har tomonlama mas'uliyat va fidoyilik bilan yondashishini, neft-gaz sohasining professionali bo‘lish uchun xohish, yetarli tayyorgarlik va zarur fazilatlarga ega ekanligini ko‘rsatdi.

Talabalarni RDU Toshkentdagi filiali direktori, professor A. F. Maksimenko, ERIELL Group O‘rta Osiyo RBE vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari A. A. Yunusov qutladi va so‘zga chiqib, har bir talaba bor kuch-g‘ayrati hamda olgan bilimini amalda qo‘llagan holda munosib mutaxassis bo‘lib yetishishiga umid bildirdi. Professor A. F. Maksimenko kompaniyalar guruhi rahbariyati va butun jamoaga o‘quv va ishlab chiqarish jarayonlarini integratsiyalashtiruvida ko‘rsatilayotgan e'tibor va g‘amho‘rlik, malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi faol ishtiroki va qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorchiligini izhor etdi.

Amaliyot jarayonida talabalarga burg‘ulovchi yordamchisi – ishchi kasbiga ega bo‘lish imkoniyati ham taqdim etiladi. O‘quv kurslari ERIELL prof education NDMning tajribali o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.

Talabalarni ishchi kasbiga o‘qitish sikli ikki bosqichni o‘z ichiga oladi: kursning nazariy qismi Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalari auditoriyalarida, amaliy qismi esa – Qarshi shahridagi ERIELL Groupning o‘quv-mashq poligonlari va ishlab chiqarish maydonlarida olib boriladi.

Kursning Toshkent shahridagi nazariy qismini ERIELL prof education tajribali o‘qituvchisi Oleg Xojiqulov olib boradi. U talabalarga ob'ektlarda ishlash asoslari, kasbiy ko‘nikmalarni o‘rgatadi, burg‘ulash uskunasidagi faoliyatning barcha zarur tarkibiy qismlari va xavfsizlik choralariga rioya qilish muhimligi haqida so‘zlab beradi.

Yangi bilimlarni samarali o‘zlashtirish uchun kompaniyalar guruhi tomonidan o‘quv markaziga eng so‘nggi trenajer-simulyatorlar xarid qilingan.

Dastur bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar o‘tilganidan so‘ng talabalar neft-gazsuvoqimini simulyayiya qilish va quduqlarni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan DrillSim-20 trenajerida amaliy mashg‘ulotlarni o‘taydilar. Simulyator IADStalablari bo‘yicha mahalliy va xorijiy loyihalar uchun kadrlarni tayyorlash va burg‘ulash brigadalarini o‘qitish maqsadida xarid qilingan.

DrillSim-20 Drilling & Control Simulator trenajerida burg‘ulashni amalga oshirish, oldini olish vositalarini sozlash, quduq og‘zini germetizasiya qilish usullarini tanlash va eritma reologiyasini quduqni keyingi burg‘ulash yoki to‘sish uchun zarur bo‘lgan miqdorga o‘zgartirish mumkin.

Burg‘ulash uskunasi bilan jihozlangan o‘quv-mashq poligoni burg‘ulash, yuvish, tushirish-ko‘tarish amaliyotlari, karotaj ishlari, geofizik tadqiqotlar usuli bilan burg‘ulash brigadalari xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish samaradorligini kuchaytirish imkonini beradi.

Talabalarni ishchi kasbiga o‘qitish amaliyoti yakunida o‘zlashtirilgan bilimlari sinovdan o‘tkazilib, baholanadi va har bir amaliyotchiga kerakli tavsiyalar beriladi.