November 16

Голубое топливо Узбекистана: история открытия первых газовых месторождений

Голубое топливо Узбекистана: история открытия первых газовых месторождений

Газовые месторождения на территории Узбекистана были открыты значительно позже нефтяных. Первые экспедиции начались еще в конце XIX века русскими геологами, но из-за малоизученности территорий и климата они не увенчались успехом. Почти 90 лет спустя после неудачных экспедиций в Большой Советской Энциклопедии была опубликована информационная справка о том, что главное место в топливном балансе республики занимает газ (70%).

«Голубое топливо» впервые начали использовать в Узбекистане до Второй мировой войны, когда попутным газом были газифицированы рабочие поселки Андижанской области. Тогда же было принято решение о строительстве первого газопровода протяженностью 15 км от нефтепромысла «Андижан» до города Андижан.

Расцвет газовой промышленности в Узбекистане начался в 50-е годы XX века. Первый газовый фонтан получен в 1953 году на месторождении Сеталан-Тепе, а в 1956 году открыты газовые и газонефтяные месторождения «Джакар», «Караул-Базар», «Сарыташ», включая крупнейшее месторождение «Газли», которое подтвердило большие перспективы Бухаро-Хивинского нефтегазоносного региона.

До 1960 года было построено несколько газопроводов местного значения, что позволило обеспечить газом города Ферганской долины.

В период с 1958 по 1970 годы выявлено более 70 нефтегазовых месторождений, из них наиболее крупные – «Газли», «Учкыр», «Мубарек», «Уртабулак» и др.

Вслед за «Газли» узбекские геологи открыли в начале 1960-­х годов огромное месторождение газа «Мубарек», а в 1974 году – газоконденсатное месторождение «Шуртан».

Так, нефтегазовая промышленность стала одной из основных отраслей экономики Узбекистана в середине XX века.

O‘zbekistonning zangori yoqilg‘isi: Ilk gaz konlarining ochilish tarixi

O‘zbekiston hududidagi gaz konlari neft' konlariga nisbatan ancha kech ochilgan. Ilk ekspedisiyalar XIX asrning oxirida rossiyalik geologlar tomonidan boshlangan edi. Ammo yetarli darajada o‘rganilmagan hudud va iqlim sababli ular muvaffaqiyat bilan tugallanmagan. Muvaffaqiyatsiz ekspedisiyadan deyarli 90 yil o‘tgach, Katta Sovet Ensiklopediyasida respublika yoqilg‘i balansida gaz asosiy o‘rinni egallaganligi (70%) to‘g‘risidagi axboriy ma'lumot e'lon qilindi.

«Zangori yoqilg‘i» dan O‘zbekistonda ilk bor Ikkinchi jahon urushigacha, Andijon viloyatining ishchilar posyolkalari hamroh gaz bilan ta'minlangan vaqtda foydalanish boshlangan. O‘shanda “Andijon” neft konidan Andijon shahrigacha uzunligi 15 km bo‘lgan birinchi gaz quvurini qurish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

O‘zbekistonda gaz sanoatining rivojlanishi XX asrning 50-yillariga to‘g‘ri keladi. Birinchi gaz fontani 1953 yilda “Setalantepa” konida olingan bo‘lsa, 1956 yilda esa “Jarqoq”, “Qorovulbozor”, “Saritosh” gaz va gaz-neft' konlari, jumladan, Buxoro-Xiva neft gazga boy hududlarning ulkan istiqbollarini tasdiqlagan “Gazli” yirik koni ochilgan.

1960 yilgacha mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan bir qancha gaz quvurlari qurildi. Bu esa Farg‘ona vodiysi shaharlarini gaz bilan ta'minlash imkonini berdi.

1958-1970 yillar davrida 70 dan ortiq neft'-gaz konlari aniqlangan bo‘lib, ular orasida «Gazli», «Uchqir», «Muborak», «O‘rtabuloq» va boshqalar ayniqsa yirikdir.

«Gazli» ortidan o‘zbekistonlik geologlar 1960 yil boshida “Muborak” ulkan gaz konini, 1974 yilda esa “Sho‘rtan” gaz kondensat konini topganlar.

Shu tariqa, yoqilg‘i sanoati XX asr o‘rtalarida O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biriga aylandi.