September 8

Газовое месторождение «Мубарек»

Газовое месторождение «Мубарек»

Одно из самых крупных газовых месторождений Узбекистана – «Мубарек». Оно было открыто в начале 1960-х годов в юго-восточной части пустыни Кызылкум, в Кашкадарьинской области. Название месторождения с узбекского muborak переводится как «благодатный».

Оно открыто узбекскими геологами вслед за легендарным «Газли». В отличие от идеально чистого газлийского, мубарекский газ содержал сернистые примеси. Это обусловило необходимость сооружения газоперерабатывающего завода и газопровода.

На месте когда-то покинутого кишлака, на границе пустыни и степи, вырос город и административный центр Мубарек, с населением более 30 тысяч человек, а также был построен газоперерабатывающий комплекс.

Освоение этого месторождения, характеризующегося сложными геологическими условиями, наличием в газе кислых компонентов, было сопряжено с преодолением ряда трудностей. «Мубарек» стал своеобразным полигоном для проверки стойкости промыслового оборудования тех лет в условиях агрессивной среды. Были построены опытно-промышленные установки по очистке сернистых газов от сероводорода на месторождении, и введен в строй газопровод «Мубарек – Навои».

Сегодня Мубарекский газоперерабатывающий завод – один из крупнейших заводов страны. Первый кирпич в его фундамент был заложен 23 августа 1965 года, а введен он в эксплуатацию 31 декабря 1971 года.

Основными задачами завода являются очистка и осушка природного газа от соединений серы, производство технической серы, производство стабильного газового конденсата и сжиженного газа. На сегодняшний день перерабатываемое на объектах предприятия сырье –- природный газ – в основном добывается с Мубарекского месторождения.

"Muborak" gaz koni

“Muborak”- O‘zbekistondagi eng yirik gaz konlaridan biridir. 1960-yillarning boshida Qizilqum cho‘lining janubi-sharqiy qismida, Qashqadaryo viloyatida topilgan. Muborak kon nomi o‘zbekcha so‘z bo‘lib, tarjima qilinganda “unumdor” ma'nosini anglatadi.

U afsonaviy “Gazli” konidan so‘ng o‘zbek geologlari tomonidan kashf etilgan. “Gazli” ideal toza gazidan farqli o‘laroq, “Muborak” gazida oltingugurt aralashmalari mavjud edi. Bu gazni qayta ishlash zavodi va gaz quvurini qurish zaruriyatini taqozo etdi.

Bir paytlar tashlandiq qishloq o‘rnida, cho‘l va dasht chegarasida 30 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan Muborak shahri va ma'muriy markazi bunyod bo‘ldi, shuningdek, gazni qayta ishlash majmuasi qurildi.

Murakkab geologik sharoitlar, gaz tarkibida kislotali komponentlarning mavjudligi bilan ajralib turadigan ushbu konning o‘zlashtirilishi bir qator qiyinchiliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq edi. “Muborak” o‘sha yillardagi agressiv muhit sharoitida kon asbob-uskunalarining chidamliligini sinovdan o‘tkazish uchun o‘ziga xos maydonga aylandi. Konlarda oltingugurt gazlarini vodorod sulfididan tozalash bo‘yicha tajriba-sanoat qurilmalari qurildi va “Muborak-Navoi” gaz quvuri ishga tushirildi.

Bugungi kunda Muborak gazni qayta ishlash zavodi mamlakatimizdagi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Uning poydevoriga birinchi g‘isht 1965 yil 23 avgustda qo‘yilgan bo‘lib, 1971 yil 31 dekabrda foydalanishga topshirilgan.

Zavodning asosiy vazifalari tabiiy gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash quritish, texnik oltingugurt, barqaror gaz kondensati va siqilgan gaz ishlab chiqarish hisoblanadi. Bugungi kunga qadar korxona ob'ektlarida qayta ishlanadigan hom-ashyo-tabiiy gaz-asosan Muborak” konidan qazib olinadi.