February 21, 2022

С целью активизации профсоюзного движения

С целью активизации профсоюзного движения Профсоюзные комитеты ERIELL Group, Enter Engineering, Sanoat Energetika Guruhi (SEG) и Ферганского нефтеперерабатывающего завода провели 18 февраля 2022 года в Ташкенте совместную конференцию, на которой был обсуждён вопрос учреждения Объединённого профсоюзного комитета (ОПК).

Инициатива об объединении исходила от профсоюзных лидеров и была поддержана членами руководства данных четырёх компаний на совместном совещании, состоявшемся 28 января т. г.

В работе совещания принял участие заместитель председателя Республиканского совета профсоюза работников энергетики, нефтегаза и геологии Гофурджон Хамидов. Он подчеркнул, что ERIELL Group, Enter Engineering вносят весомый вклад в развитие топливо-энергетического комплекса Узбекистана, в строительство важных стратегических промышленных и социальных объектов. В числе реализованных проектов - модернизация и реконструкция Мубарекского газоперерабатывающего завода, строительство Кандымского газоперерабатывающего комплекса, завода GTL по производству жидкого синтетического топлива, международного аэропорта «Самарканд», ледовых дворцов Humo Arena и Ice Arena, туристического центра Silk Road и др.

Sanoat Energetika Guruhi, участвуя в реализации Госпрограммы по увеличению добычи нефти в Узбекистане, совместно с Ферганским НПЗ, вносят значимый вклад в развитие отечественного производства востребованной импортозамещающей продукции, в частности автобензина.

Г. Хамидовым было отмечено, что в условиях развития современного производства, возрастает роль профсоюзов в охране труда и производственной безопасности, защите трудовых, социально-экономических прав и интересов трудовых коллективов. В этой связи им была выражена всесторонняя поддержка идей развития профсоюзного движения со стороны Республиканского Совета профсоюзов отрасли.

Своевременность и значимость идеи объединения профсоюзов отметил в своём выступлении административный директор Enter Engineering Тимур Абдуллаев:

«Группа компаний быстро растёт и развивается. Когда-то мы начинали работу в небольшой компании, где число сотрудников едва достигало 100 человек. Сегодня нас больше 60 тысяч. Мы поддерживаем предложение об объединении четырёх профсоюзов, наша задача активизировать профсоюзное движение, создавая все необходимые возможности трудовому коллективу, работникам, создавая условия, чтобы они были удовлетворены своей работой, чувствовали заботу о себе».

В ходе конференции делегатами конференции путём открытого голосования было принято решение об учреждении объединённого профсоюзного комитета с участием профсоюзов ERIELL Group, Enter Engineering, SEG и ФНПЗ.

Также приняты решения о названии Объединенного профсоюзного комитета - «E.E.F.S.» (первые буквы от названий компаний); о формировании профсоюзного комитета, президиума и ревизионной комиссии из числа профсоюзных активистов компаний, об утверждении Положения ОПК.

Председателем Объединенного профсоюзного комитета «E.E.F.S.» избран Алим Юнусов, который на протяжении последних 10 лет занимал должность заместителя главы Представительства ERIELL по общим и социальным вопросам. Председателем ревизионной комиссии ОПК избран начальник управления Департамента экономики и финансов Enter Engineering Максим Васильев.

Далее А. Юнусовым была представлена презентация стратегии развития профсоюзной работы под девизом: «В единстве - к справедливости и развитию». Как было отмечено, профсоюз — единственная законная и независимая общественная организация, наделённая правами представительства и защиты трудовых, социально-экономических прав и интересов работников.

Цель ОПК — стать влиятельной и сильной организацией, обеспечивающей защиту прав и интересов работников, способствующей развитию человеческого потенциала, внедрению принципов достойного труда и социальной справедливости.

«Наша цель — защита интересов и прав сотрудников. Мы должны выстраивать открытый диалог с работодателями, а также работать над улучшением условий труда работников и повышением роли профсоюза в жизни трудовых коллективов», — подчеркнула Наталья Бахромова, избранная в состав ОПК от ERIELL Group.

В работе учредительной конференции также приняли участие зампредседателя Республиканского отраслевого Совета профсоюза Узбекистана, руководитель инспекции труда С. Тухтаев и другие ответственные работники отраслевого Совета.

После завершения учредительной конференции состоялось первое совместное совещание профактива ОПК «E.E.F.S.» с работодателями и ответственными работниками 4 компаний. Были обсуждены такие вопросы, как развитие форм и методов социального партнёрства и усиление общественного контроля профсоюзов над промышленной безопасностью и охраной труда; мониторинг соблюдения социально-экономических и трудовых прав и интересов работников; организация регулярных выездов на места для изучения морально-психологического климата и настроя работников, выявление насущных проблем в условиях их труда, досуга и отдыха; организация и проведение соревнований и конкурсов между компаниями; популяризация спорта и физической культуры и др.

По обсуждённым вопросам своими мнениями и предложениями поделились заместители генеральных директоров Enter Engineering и SEG Т. Абдуллаев и Х. Ходжиметов, руководители служб по работе с персоналом С. Маркелова, Т. Ходжаниязов, руководители служб внутренней безопасности Ш. Рахматов, Р. Мирзаев, А. Мамедов, председатели профсоюзных комитетов Б. Кенжаев, Р. Сайдалиев, Х. Азимов.

Kasaba uyushmalari harakatini faollashtirish yo‘lida

ERIELL Group, Enter Engineering, Sanoat Energetika Guruhi (SEG) va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi kasaba uyushmalari qo‘mitalari tomonidan joriy yilning 18 fevral' kuni Toshkentda qo‘shma konferensiya o‘tkazildi. Unda Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi (BKUQ)ni ta'sis etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Birlashtirish to‘g‘risidagi tashabbus kasaba uyushmalari yetakchilari tomonidan ilgari surilib, mazkur to‘rtta kompaniya rahbariyati a'zolari tomonidan joriy yilning 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma yig‘ilishida qo‘llab-quvvatlangan edi.

Majlis ishida Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisining o‘rinbosari G‘ofurjon Xamidov ishtirok etdi. U ERIELL Group, Enter Engineering O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika majmuasi rivoji, muhim strategik sanoat va ijtimoiy ob'ektlar qurilishiga salmoqli hissa qo‘shayotganini qayd etdi. Amalga oshirilgan loyihalar qatorida Muborak gazni qayta ishlash zavodini modernizasiya va rekonstruksiya qilish, Qandim gazni qayta ishlash zavodi, suyuq sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha GTL zavodi, «Samarqand» xalqaro aeroporti, Humo Arena va Ice Arena muz saroylari, Silk Road sayyohlik markazi qurilishi va boshqalar ham bor.

Sanoat Energetika Guruhi O‘zbekistonda neft' qazib olishni oshirish bo‘yicha davlat dasturidagi ishtiroki doirasida Farg‘ona NQIZ bilan hamkorlikda talab yuqori bo‘lgan import o‘rnini bosuvchi mahsulot, xususan avtobenzin ishlab chiqarishni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

G.Xamidov shuningdek zamonaviy ishlab chiqarishni rivojlantirish sharoitida kasaba uyushmalarining mehnat va ishlab chiqarish xavfsizligi muhofazasi, mehnat jamoalarining mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi roli ortib borayotganini qayd etdi. Shu munosabat bilan ularga Respublika tarmoq kasaba uyushmalari kengashi tomonidan kasaba uyushmalari harakatini rivojlantirish g‘oyalari har tomonlama qo‘llab-quvvatlandi.

Enter Engineering ma'muriy direktori Timur Abdullaev o‘z nutqida kasaba uyushmalarini birlashtirish o‘z vaqtida qabul qilingan qaror ekanligi va uning ahamiyati haqida to‘xtaldi:

«Kompaniyalar guruhi jadal suratlarda o‘sib, rivojlanib bormoqda. Qachonlardir biz unchalik katta bo‘lmagan kompaniyada ish boshlagan edik, o‘shanda xodimlar soni arang 100 nafarni tashkil qilardi. Bugungi kunda ularning soni 60 ming nafardan oshdi. Biz to‘rtta kasaba uyushmasini birlashtirish to‘g‘risidagi taklifni qo‘llab-quvvatlaymiz, bizning vazifamiz mehnat jamoasi, xodimlar o‘z ishidan qoniqishi, o‘zlari haqida qayg‘urayotganlarini sezib turishi uchun barcha zarur imkoniyatlar va sharoitlarni yaratib bergan holda kasaba uyushmasi harakatini faollashtirishdan iborat».

Anjuman davomida delegatlar tomonidan ochiq ovoz berish orqali ERIELL Group, Enter Engineering, SEG va FNQIZ kasaba uyushmalari ishtirokida birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasini ta'sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasini «E.E.F.S.» (kompaniyalar nomlaridagi birinchi harflar) deb nomlash, kompaniyalar kasaba uyushmalari faollaridan iborat kasaba uyushmasi qo‘mitasi, prezidiumi va taftish komissiyasini shakllantirish, BKUQ Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

«E.E.F.S.» Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib so‘nggi 10 yil ichida ERIELL Vakolatxonasi rahbarining umumiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Olim Yunusov saylandi. BKUQ Taftish komissiyasi raisi etib Enter Engineering Iqtisodiyot va moliya departamenti boshqarmasi boshlig‘i Maksim Vasil'ev saylandi.

O. Yunusov tomonidan «Hamjihatlikda – adolat va taraqqiyot sari» shiori ostida kasaba uyushmalari faoliyatining taraqqiyot strategiyasi taqdimoti o‘tkazildi. Qayd etilgan, kasaba uyushmasi — vakolatxona va xodimlarning mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega qonuniy va mustaqil jamoat tashkiloti hisoblanadi.

BKUQning maqsadi xodimlarning huquq va manfaatlari himoyasini ta'minlovchi, inson salohiyatini rivojlantirish, munosib mehnat va ijtimoiy adolat tamoyillarini joriy etishga xizmat qiluvchi ta'sirchan va kuchli tashkilot bo‘lishdan iborat.

«Maqsadimiz — xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish. Biz ish beruvchilar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishimiz, shuningdek xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash va kasaba uyushmalarining mehnat jamoalari hayotidagi rolini oshirishdan iborat», — dedi ERIELL Groupdan BKUQga saylangan Natal'ya Baxromova.

Ta'sis konferensiyasi ishida shuningdek O‘zbekiston kasaba uyushmalari respublika tarmoq kengashi raisining o‘rinbosari, mehnat inspeksiyasi rahbari S. To‘xtaev va tarmoq Kengashining boshqa mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Ta'sis konferensiyasidan so‘ng «E.E.F.S.» BKUQ kasaba uyushmasi faollarining 4 ta kompaniya ish beruvchilari va mas'ul xodimlari bilan ilk qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ijtimoiy hamkorlikning shakllari va usullarini rivojlantirish, kasaba uyushmalarining sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat huquqlari hamda manfaatlariga rioya qilinishini monitoring qilish, xodimlarning ruhiy-psixologik muhiti va kayfiyatini o‘rganish uchun muntazam joylarga chiqilishini tashkillashtirish, ularning mehnati, bo‘sh vaqti va dam olishi bilan bog‘liq jiddiy muammolarni aniqlash, kompaniyalar o‘rtasida musobaqalar va tanlovlarni tashkillashtirish va o‘tkazish, sport va jismoniy madinyatni ommalashtirish singari masalalar muhokama qilindi.

Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha Enter Engineering va SEG bosh direktorlari o‘rinbosarlari T. Abdullaev va X. Xodjimetov, xodimlar bilan ishlash bo‘yicha xizmatlar rahbarlari S. Markelova, T. Xodjaniyazov, ichki xavfsizlik xizmatlari rahbarlari Sh. Raxmatov, R. Mirzaev, A. Mamedov, kasaba uyushmalari qo‘mitalari raislari B. Kenjaev, R. Saydaliev, X.Azimov o‘z fikrlari va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.