December 28, 2022

Наши Лица: В кадре - Рузимахмат Умиров

40 лет трудового стажа, богатый жизненный и профессиональный опыт: сегодня герой рубрики #НашиЛица – буровой мастер Рузимахмат Холмаматович Умиров.

Быть нефтяником – не просто работа, для многих специалистов это призвание всей жизни. Их не испугать суровым климатом, будь то мороз или пустынный зной. Они ответственно выполняют свою миссию – добывают нефть и газ, чтобы нести стране и людям энергию. Одним из таких «старожилов» отрасли является наш сегодняшний герой – Рузимахмат Умиров.

Вот уже на протяжении 40 лет он без устали трудится в сфере добычи газа и нефти. В его юношеском прошлом буквально неподалеку от дома велись буровые работы и это стало своего рода знаком, приведшим в профессию.

Свою деятельность в ERIELL Group наш герой начал в 2009 году с должности начальника участков площадей Адамташ, Гумбулак и Джаркудук.

В настоящее время Рузимахмат Холмаматович руководит производственной деятельностью буровой бригады, обеспечивает соблюдение её работниками требований плана-графика буровых работ. Также он контролирует соблюдение технологии бурения скважин, правил технической эксплуатации оборудования и правил техники безопасности.

За время деятельности в Группе компаний Рузимахмат Умиров принимал участие в проектах заказчиков НХК «Узбекнефтегаз», LUKOIL, работал на месторождении «Мустакилликнинг 25 йиллиги». С 2015 по 2017 годы команда буровиков под руководством нашего героя бурила наклонные, горизонтальные, рапоносные скважины. На месторождении «Мустакилликнинг 25 йиллиги» бурили и участвовали в испытании скважин с повышенным содержанием сероводорода. При бурении восьмого куста буровая бригада неоднократно устанавливала рекорд по суточной проходке, а также работники с опережением заканчивали бурение и строительство скважин.

Рассказывая о взаимоотношениях с коллегами, Рузимахмат Холмаматович подчеркивает значимость передачи своих знаний молодежи: «На протяжении 40 лет я работаю в бурении и мой опыт стараюсь передать молодым специалистам. Также у меня есть определенная методика подготовки рабочих кадров».

Для нашего героя важно не только делиться своим опытом, передавать навыки, но и каждый день учиться и узнавать что-то новое. И, конечно, работать с квалифицированными специалистами в дружном коллективе.

«Деятельность в ERIELL Group для меня это, прежде всего, стабильность, работа с новейшими технологиями и оборудованием, сотрудничество с местными и зарубежными специалистами», – отмечает Рузимахмат Холмаматович.

Свое свободное время наш герой любит проводить с семьёй, особенно с внуками. А еще его досуг составляют чтение хорошей книги и уход за животными.

Мечты Рузимахмата Умирова заключаются в простом человеческом счастье, благополучии, здоровье близких и желании мира во всем мире. А также в том, чтобы дело героя нашей рубрики продолжалось и компания процветала.

40 yillik mehnat staji, boy hayotiy va kasbiy tajribaga ega: #Bizning qiyofalar ruknimizning bugungi qahramoni– Burg‘ulash ustasi Ro‘zimaxmat Xolmamatovich Umirov.

Neftchi bo‘lish– bu shunchaki ish emas, ko‘plab mutaxassislar uchun bu hayot qismatidir. Xoh u ayoz bo‘lsin, xoh cho‘l jaziramasi ularni hech qanday sovuq iqlim qo‘rqita olmaydi. Ular o‘z vazifalarini mas'uliyat bilan bajaradilar- mamlakat va insonlarga energiya olib kelish uchun neft va gaz qazib oladilar. Bugungi qahramonimiz Ro‘zimaxmat Umirov sohaning ana shunday “eski odamlaridan” biri hisoblanadi.

O‘tgan 40 yil mobaynida u gaz va neft' qazib olish sohasida tinimsiz mehnat qilib keladi. Uning yoshligida uyidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda burg‘ulash ishlari olib borilgan bo‘lib, bu shu kasbni tanlashiga o‘ziga xos belgi bo‘ldi.

Qahramonimiz ERIELL Groupdagi faoliyatini 2009 yilda Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq hududlari maydonlarining boshlig‘i lavozimida boshlagan.

Hozirgi kunda Ro‘zimaxmat Xolmamatovich burg‘ulash brigadasining ishlab chiqarish faoliyatiga rahbarlik qiladi, ishchilar tomonidan burg‘ulash ishlari ish jadvalining talablariga rioya qilinishini ta'minlaydi. Shuningdek, u quduqlarni burg‘ulash texnologiyalari, asbob-uskunalardan texnik foydalanish qoidalari va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi.

Ro‘zimaxmat Umirov kompaniyalar guruhidagi faoliyati davomida “O‘zbekneft'gaz” MXK, LUKOIL buyurtmachilarning loyihalarida ishtirok etgan, «Mustaqillikning 25 yilligi» konida ishlagan. 2015 yildan 2017 yilgacha qahramonimiz rahbarligidagi burg‘ulash jamoasi tomonidan qiya, gorizontal, tirgakli quduqlar burg‘ulandi. «Mustaqillikning 25 yilligi» konida vodorod sulfid miqdori yuqori bo‘lgan quduqlarni burg‘ulash va uni sinovdan o‘tkazishda ishtirok etishgan. Sakkizinchi tarmoqni burg‘ulashda burg‘ulash brigadasi bir necha bor sutkalik kovlab borish bo‘yicha rekord o‘rnatgan, shuningdek, ishchilar quduqlarni burg‘ulash va qurishni muddatidan oldin yakunlaganlar.

Ro‘zimaxmat Xolmamatovich hamkasblari bilan o‘zaro munosabatlari haqida gapirar ekan, o‘z bilimini yoshlarga yetkazish muhimligini ta'kidlaydi: «Qirq yildan beri burg‘ulash bilan shug‘ullanib kelaman va bu yillar davomida to‘plagan tajribamni yosh mutaxassislarga o‘rgatishga harakat qilaman. Shuningdek, men ishchi kadrlarni tayyorlash bo‘yicha muayyan metodikaga egaman».

Qahramonimiz uchun nafaqat o‘z tajribalarini bo‘lishish, bilimlarini yetkazish, balki har kuni yangi narsani o‘rganish va bilish ham juda muhimdir. Ahil jamoada yuqori mahoratli mutaxassislar bilan ishlash ham ahamiyatlidir.

«Men uchun ERIELL Groupdagi faoliyat-bu eng avvalo barqarorlik, yangi texnologiyalar va asbob-uskunalar bilan ishlash, mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikdir», – deydi Ro‘zimaxmat Xolmamatovich.

Qahramonimiz bo‘sh vaqtini oilasi, ayniqsa nevaralari qurshovida o‘tkazishni yaxshi ko‘radi. Bo‘sh vaqtida u yaxshi kitob o‘qiydi va hayvonlarga g‘amho‘rlik qiladi.

Ro‘zimaxmat Umirovning orzusi oddiy inson baxti, farovonlik, yaqinlarining salomatligi va dunyoda tinchlik bo‘lishi kabi niyatlardan iborat. Ruknimiz qahramoni shuningdek, ishi davom etishi va kompaniya gullab-yashnashini ham niyat qiladi.