January 3

PROXavfsizlik: yong’in xavfsizligi 

PROБезопасность: противопожарная безопасность

PROБезопасность продолжает знакомить вас с важнейшими аспектами охраны труда и здоровья сотрудников ERIELL Group. Поговорим сегодня об инструктаже по противопожарной безопасности.

В каждой организации проводится инструктаж по противопожарный безопасности с целью доведения до работников ее основных требований, изучения пожарной опасности технологических процессов производств и оборудования, размещение средств противопожарной защиты, а также их действий в случае возникновения возгорания.

На каждом производстве существуют строгие ограничения в направлении пожарной безопасности, о чем сотрудник предупреждается перед выходом на работу.

Эти требования включают в себя:

-изучение схемы эвакуации и мест расположения путей эвакуации;
-изучение местоположения, наличие и состояние первичных средств пожаротушения;
-проверку на соответствие противопожарному состоянию электрооборудования и его исправность;
-уточнение работоспособности системы вентиляции;
Все работники в рабочее время должны:
-содержать в чистоте и порядке свое рабочее место;
- не загромождать проходы, выходы различными предметами и оборудованием;
-строго соблюдать на рабочем месте установленные нормы хранения производственных материалов и готовой продукции;
-не допускать нарушения пожарной безопасности со стороны посторонних лиц;
-не исправлять самовольно электросеть и предохранители;
-не пользоваться открытым огнем в служебных и рабочих помещениях;
-курить в специально отведенных местах;
-не оставлять включенными без присмотра электрические приборы и освещение;
По завершению работы до ухода необходимо:
-убрать свое рабочее место;
-отключить электроприборы от электросети;
-отключить освещение в помещении;
-оставить ключ/дубликат от помещения на проходной.

Помните! Игнорирование требований пожарной безопасности является основной причиной возникновения пожаров.

PROXavfsizlik: yong’in xavfsizligi

PROXavfsizlik sizlarni mehnat va ERIELL Group xodimlari salomatligini muxofaza qilishning muhim jihatlari bilan tanishtirishda davom etadi. Bugun yong’in xavfsizligi bo’yicha instruktaj haqida gaplashamiz.

Har bir tashkilotda xodimlarga yong’in xavfsizligining asosiy talablarini yetkazish, uskunalar va ishlab chiqarishlarning texnologik jarayonida yong’in xavfi,yong’inga qarshi himoya vositalari joylashuvi, shuningdek, ularning yong’in sodir bo’lgandagi harakatlarini o’rganish maqsadida yong’in xavfsizligi bo’yicha instruktaj o’tkaziladi.

Har qanday ishlab chiqarishda yong’in xavfsizligi yo’nalishida qat’iy cheklovlar mavjud bo’lib, xodim ishga chiqishdan oldin ular to’g’risida ogohlantiriladi.

Bu talablar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-evakuatsiya sxemasi va evakuatsiya yo’llari joylashgan joyini bilib olish;
-birlamchi o’t o’chirish vositalarining joylashgan o’rni, borligi va holatini o’rganish;
-elektr asbob-uskunalarining yong’inga qarshi holatiga muvofiqligi va uning sozligini tekshirish;
-shamollatish tizimining ishlash qobiliyatini aniqlash;

Barcha xodimlar ish vaqtida:
- ish joyini toza va ozoda tutmog’i;
- o’tish va chiqish joylarini turli xil buyumlar hamda asbob-uskunalar bilan tiqilinch qilmasligi;
-ish joyida ishlab chiqarish materiallari va tayyor maxsulotni saqlash bo’yicha belgilangan talablarga qat’iy rioya qilishi;
-begona shaxslar tomonidan yong’in xavfsizligi buzilishiga yo’l qo’ymasligi;
-elektr tarmog’i va saqlagichlarni o’zboshimchalik bilan tuzatmasligi;
-Yordamchi va ish binolarida ochiq olovdan foydalanmaslik;
-maxsus ajratilgan joylarda chekish;
-elektr va yoritish jihozlarini yoqilgan holatda qarovsiz qoldirmaslik kerak.

Ishni yakunlab, uyga ketishdan oldin:
-ish joyini tartibga solish;
-elektr asboblarini elektr tarmog’idan o’chirib ketish;
-xonada chiroqlarni o’chirish;
-xonaning kalit dublikatini kirurishda qoldirish zarur.

Esda tuting! Yong’in xavfsizligi talablarini e'tiborga olmaslik yong’in sodir bo’lishining asosiy sababi hisoblanadi.