September 5, 2022

ERIELL Group: Сделать доброе дело

ERIELL Group: Сделать доброе дело

ERIELL Group продолжает оказывать безвозмездную помощь всем тем, кто в ней нуждается. Так, в преддверии Международного Дня благотворительности сотрудниками ERIELL Group в Бухаре проведена благотворительная акция для подопечных дома-интерната «Мурувват».

В настоящее время в доме-интернате для детей с инвалидностью «Мурувват» проживает 200 детей в возрасте от 4 до 18 лет. В рамках акции проведено благоустройство детского дома, в частности, произведен ремонт жилых комнат и коридора, отремонтирован автобус и бытовая техника, куплены детские пижамы и подгузники.

Очень важно помогать детям, которые нуждаются в особенной поддержке, любви и внимании. Ценно то, что, участвуя в проведении подобных мероприятий, виден результат, приложенных стараний.

Так, совместными усилиями сотрудников ERIELL Group и администрацией дома-интерната созданы дополнительные условия для проживания детей с ограниченными возможностями.

Словом, сделать немного счастливее таких ребят, нуждающихся в милосердии, протянуть им руку помощи, проявить доброту и заботу – помогают детям хоть чуть-чуть вырасти в жизни. И пусть такие благотворительные акции станут повсеместной традицией и примером для всех.

ERIELL Group: Ezgu ishga qo‘l urib

ERIELL Group ko‘makka muhtoj barchaga beg‘araz yordam ko‘rsatishda davom etmoqda. Xalqaro xayriya kuni arafasida ERIELL Group xodimlari tomonidan Buxoroda «Muruvvat» uy-internati tarbiyalanuvchilari uchun xayriya aksiyasi tashkil etildi.

Hozirgi vaqtda nogironligi bor bolalarga mo‘ljallangan «Muruvvat» uy-internatida 4 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 200 nafar bola istiqomat qilmoqda. Aksiya doirasida bolalar uyi obodonlashtirildi, xususan, turar-joy xonalari va dahliz, avtobus va maishiy texnika ta'mirlandi, bolalar uchun pijama va tagliklar xarid qilindi.

Alohida qo‘llab-quvvatlash, mehr va e'tiborga muhtoj bolalarga yordam berish juda muhim. E'tiborga molik jihati shundaki, bunday tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok eta turib, amalga oshirilgan sa'y-harakatlar natijasini ko‘rish o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.

Shu tariqa, ERIELL Group xodimlari va uy-internati ma'muriyatining hamkorlikdagi sa'y-harakatlari bilan imkoniyati cheklangan bolalarning yashashi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratildi.

Bir so‘z bilan aytganda, mehrga muhtoj bolajonlarni biroz bo‘lsa-da baxtli qilish, ularga yordam qo‘lini cho‘zish, mehr va e'tibor ulashish bolajonlarga hayotda ozgina bo‘lsa ham o‘sish imkonini beradi. Bunday xayriya aksiyalari boshqa hududlarda ham yaxshi an'anaga aylanib, barchaga o‘rnak bo‘lishiga tilakdoshmiz.