April 10, 2022

ERIELL: Сладкие подарки для детского праздника

ERIELL: Сладкие подарки для детского праздника

Представители ERIELL Group приняли участие в праздничном мероприятии Образовательного учреждения для детей с ограниченными возможностями № 18 города Карши и вручили ребятам сладкие подарки.

Праздник, организованный 9 апреля, был посвящен дню рождения великого государственного деятеля, масштабной исторической личности Амира Тимура. Воспитанники Государственного специализированного образовательного учреждения провели серьёзную подготовку к знаменательной дате, узнали много интересного о жизни и деятельности Амира Темура, и показали свои знания в ответах на прозвучавшие в ходе мероприятия вопросы.

Подарки врученные 250 ученикам от ERIELL Group стали еще одним приятным моментом праздничной встречи. Специалисты компании стараются поддерживать этих ребят, принимать участие в проводимых у них мероприятиях.

Добавим, что в празднике, посвященном 686-летию Амира Темура приняли участие представители Управления внутренних дел Кашкадарьинской области, хокимията г. Карши.

ERIELL: Bolalar bayrami uchun shirin sovg‘alar

ERIELL Group vakillari Qarshi shahridagi №18-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun Ta'lim muassasasida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etdilar va bolalarga shirin sovg‘alar ulashdilar.

9 aprel kuni tashkil etilgan bayram, buyuk davlat arbobi, keng ko‘lamli tarixiy shaxs Amir Temur tavallud kuniga bag‘ishlanadi. Davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilari muhim sanaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, Amir Temurning hayoti va ijodi to‘g‘risida ko‘p qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘ldilar va tadbir davomida yangragan savollarga javob berib, o‘zlarining bilimlarini namoyish etdilar.

ERIELL Group tomonidan 250 ta o‘quvchiga taqdim etilgan sovg‘alar uchrashuvning yana bir yoqimli lahzalariga aylandi. Korxona mutaxassislari bu bolalarni qo‘llab-quvvatlashga, ularning tadbirlarida ishtirok etishga harakat qilmoqda.

Shuni qo‘shimcha qilib aytamizki, Amir Temur tavalludining 686- yilligiga bag‘ishlangan tadbirda Qashqadaryo viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi hamda Qarshi shahri xokimiyati vakillari ham ishtirok etdilar.