April 17

SIUT объявляет о начале Приёма на новый 2024/2025 учебный год

SIUT объявляет о начале Приёма на новый 2024/2025 учебный год

Самаркандский международный технологический университет (SIUT) − университет, специализирующийся на подготовке современных инженеров.
Не упустите шанс стать частью глобального образовательного сообщества в международном университете SIUT! Сделайте свой выбор в пользу будущего уже сегодня!
● Учебные программы в SIUT соответствуют международным стандартам и разработаны в сотрудничестве с Государственным научно-исследовательским университетом Колорадской горной школы (США), а также вузами Южной Кореи и КНР.
● В процесс обучения привлечена команда из высококвалифицированных профессоров и преподавателей из разных уголков мира.
● Студенты SIUT имеют возможность проходить стажировку в престижных отечественных и зарубежных предприятиях по обучаемым специальностям.
● SIUT выдает дипломы Double degree и Double diploma для успешной профессиональной карьеры как в Узбекистане, так и за рубежом.
● Выпускники университета трудоустраиваются в международные компании SANEG, ERIELL Group, Enter Engineering и др.
В этом году мы объявляем набор по 12 направлениям обучения в Бакалавриате (общая квота - 285 мест):
School of Engineering:
1. Геоинженерия - Geological Engineering (25 мест);
2. Горное дело - Mining (25 мест);
3. Нефтегазовая инженерия - Petroleum Engineering (25 мест);
4. Химическая инженерия - Chemical Engineering (25 мест);
5. Информационные технологии - Information Technologies (25 мест).
Business School:
1. Предпринимательство и менеджмент - Entrepreneurship and Management (25 мест);
2. Международная логистика - International Logistics (25 мест).
Chinese Institute of Electric Power (CIEP):
1. Теплоэнергетика - Energy and Power Engineering (20 мест);
2. Электроэнергетика и её автоматизация - Electrical Engineering and its Automation (20 мест).
Korean Institute of Technology and Culture (KITC):
1. Возобновляемые источники энергии - Renewable Energy Sources (20 мест);
2. Дизайн - Design (30 мест);
3. Цифровая экономика - Digital Economy (20 мест).
В KITC и CIEP действуют программы обучения по системе 2+2, открывающие возможность продолжения обучения в Республике Корея и КНР.
Лучшие студенты SIUT получат возможность обучения в вузах за рубежом!

Приём документов начнётся с 20 апреля и продолжится до 20 июля!
Подать заявку можно онлайн по ссылке: https://siut.uz/ru/apply-siut-ru
Список необходимых документов:
● копия паспорта с пропиской или ID (в формате PDF);
● скан документа о среднем или среднем специальном профессиональном образовании (аттестат или диплом, в формате PDF);
● фото 3,5 на 4,5 (в формате JPG);
● Сертификат, подтверждающий знание английского языка (если имеется);
● Сертификат SAT (если имеется).
Учащиеся выпускных классов могут подать заявку уже сейчас, загрузив справку с места учёбы вместо аттестата. По окончании школы абитуриентам будет необходимо предоставить аттестат.
Всего 2 экзамена при поступлении:
1. Английский язык;
2. Математика.
Вступительные экзамены проводятся иностранными профессорами и преподавателями на основе школьной программы.
Проходной балл: 60 баллов и выше. Результаты ниже 60 баллов считаются недостаточными для поступления.

Даты проведения вступительных экзаменов: 22-26 июля 2024 г.
Иногородним студентам предоставляется студенческое общежитие.

Стоимость обучения в бакалавриате: 39 млн. сумов за 1 год обучения (для граждан РУз), 3500 USD (для иностранных студентов).
Оплату за обучение можно произвести любым удобным способом (в наличной форме, безналичной, а также перечислением). Предусмотрена возможность оплаты контракта частями. Можно получить образовательный кредит.
Кто имеет льготы при поступлении в SIUT?
Без вступительных экзаменов
1. Обладатели сертификата SAT с показателем 1100 и выше;
2. Наличие сертификата IELTS с показателем 5.5 и выше (или TOEFL IBT - 46-59+; TOEFL ITP - 450+; CEFR - B2+; Cambridge Assessment English FCE - B2+), подтверждающий владение английским языком, освобождает от сдачи экзамена по английскому языку.

Скидка 25% при оплате контракта
1. При условии поступления в SIUT на контрактной основе 2-х и более членов одной семьи, каждый из них получает скидку в 25%.
Поступление на грантовой основе *
1. Абитуриенты с наивысшими баллами по каждому направлению (1-е места) получат гранты от Председателя Попечительского Совета SIUT - Б.Ш. Фазылова;
2. Для абитуриентов, набравших высшие баллы по четырем направлениям: Mining, Geological Engineering, Chemical Engineering и Energy and Power Engineering, выделены по 5 государственных грантов;
3. Обладатели сертификата SAT с показателем 1200 и выше;
4. Дети сотрудников Группы компаний ERIELL;
5. Дети-сироты;
6. Дети ветеранов и участников Афганской войны;
7. Инвалиды I и II групп.
* Грант выдается только при условии наличия проходных баллов после экзаменации.

По всем интересующим Вас вопросам, обращайтесь в Call Center: +998 55 705-50-05
Telegram: @siut_uz
Instagram: @siut.uz

SIUT создан в соответствии с принятым 28.01.2022 г. Указом Президента Республики Узбекистан «О стратегии развития Нового Узбекистана на 2022-2026 годы» (Цель 49: «Доведение до 2026 года количества негосударственных высших образовательных учреждений минимум до 50. Создание совместно с ведущими техническими университетами зарубежных государств Самаркандского технологического университета»).

Самаркандский международный технологический университет действует на основании лицензии № 036721, выданной Государственной инспекцией по надзору за качеством образования при Кабинете Министров Республики Узбекистан.

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 2024/2025 oʻquv yili uchun qabul e’lon qiladi!

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) - zamonaviy muhandislarni tayyorlashga ixtisoslashgan universitetdir.
SIUTda jahon ta’lim hamjamiyatining bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Yorqin kelajak yo‘lini hozirdan tanlang!

Universitet oʻquv dasturlari xalqaro standartlar asosida va Kolorado konchilik maktabi (AQSh) hamda Koreya va Xitoyning yetakchi oliygohlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Darslar dunyoning turli burchaklaridan kelgan yuqori malakali xorijiy professor-o‘qituvchilar tomonidan ingliz tilida olib boriladi.
SIUT talabalari oʻz mutaxassisliklari boʻyicha yurtimiz va xorijning nufuzli kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyatlariga egalar.
SIUT bitiruvchilariga “Double degree” va “Double diploma” beriladi, bu esa ularni kelgusida ham Oʻzbekistonda, ham xorijda ish bilan muvaffaqiyatli ta’minlanishga imkon yaratadi. Bundan tashqari ular “SANEG”, “ERIELL Group”, “Enter Engineering” kabi xalqaro kompaniyalarda ish oʻrinlariga ega boʻladilar.

Yangi oʻquv yili uchun bakalavriatning 12 yoʻnalishi boʻyicha jami 285 oʻrin ajratilgan:
• School of Engineering:
• Geologiya muhandisligi (25 oʻrin);
• Konchilik ishi (25 oʻrin);
• Neft-gaz muhandisligi (25 oʻrin);
• Kimyo muhandisligi (25 oʻrin);
• Axborot texnologiyalari (25 oʻrin).
• Business School:
• Tadbirkorlik va menejment (25 oʻrin);
• Xalqaro logistika (25 oʻrin).
Chinese Institute of Electric Power (CIEP):
• Issiqlik energetikasi (20 oʻrin);
• Elektr energetikasi muhandisligi va uni avtomatlashtirish (20 oʻrin).
Korean Institute of Technologies and Culture (KITC):
• Qayta tiklanadigan energiya manbalari (20 oʻrin);
• Dizayn (30 oʻrin);
• Raqamli iqtisodiyot (20 oʻrin).
Koreya texnologiyasi va madaniyati instituti va Xitoy energetika institutida kelgusida Janubiy Koreya va Xitoyda oʻqishni davom ettirish imkonini beruvchi “2+2” tizimi boʻyicha ta’lim dasturlari amal qiladi.
Shuningdek, SIUTning eng yaxshi talabalari xorij oliy oʻquv yurtlarida oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar!

Hujjatlar qabuli 20-apreldan 20-iyulga qadar davom etadi!
Talab etiladigan hujjatlar roʻyxati:
pasport nusxasi (yashash joyi qayd etilgan sahifasi bilan) yoki ID karta nusxasi (PDF formatda);
oʻrta yoki oʻrta maxsus ma’lumotga egaligi toʻgʻrisidagi hujjatning (attestat yoki diplomning) skaner qilingan shakli (PDF formatda);
JPG formatdagi 3,5 ga 4,5 cm shakldagi fotosurat;
Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (agar mavjud boʻlsa);
SAT sertifikati (agar mavjud boʻlsa)
Bitiruvchi sinfda oʻqiyotgan oʻquvchilar tahsil olayotgan oʻqish joylaridan berilgan tegishli ma’lumotnomani attestat oʻrniga taqdim etishlari mumkin. Ular maktabni tugatganlaridan keyin attestatlarini qabul komissiyasiga taqdim etishlari talab etiladi.

Kirish imtihonlari xorijlik professor-oʻqituvchilar tomonidan maktab o‘quv dasturlari bo‘yicha quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
• Ingliz tili;
• Matematika.

Oʻqishga qabul qilinish uchun toʻplaniladigan ball: 60 ball va undan yuqori. Imtihonlardan 60 ball toʻplay olmagan abituriyentlar talabalikka tavsiya etilmaydi.

Kirish imtihonlari sanasi: 2024-yilning 22-iyulidan 26-iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi.

Muhim! Uzoq hududlarda yashovchi (boshqa viloyatlik) talabalar yotoqxona bilan ta’minlanadilar.

Bakalavriatda oʻqish uchun toʻlov-kontrakt miqdori: Bir oʻquv yili uchun 39 million sum (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun), 3500 AQSh dollari (xorijlik talabalar uchun).
Oʻqish uchun toʻlovni turli usullarda amalga oshirish mumkin (naqd pul shaklida, karta orqali, pul oʻtkazish yoʻli orqali). Toʻlov-kontraktni qismlarga boʻlib toʻlash va shuningdek, ta’lim krediti olish imkoniyati mavjud.

SIUTga oʻqishga kirishda kimlar imtiyozlarga ega?
Kirish imtihonlaridan ozod etiladi:
• 1100+ va undan yuqori koʻrsatkichli SAT sertifikati sohiblari ikkala imtihondan ham ozod etiladi;
• Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi IELTS 5.5 va undan yuqori (yoki TOEFL IBT - 46-59+; TOEFL ITP - 450+; CEFR - B2+; Cambridge Assessment English FCE - B2+) koʻrsatkichli sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar ingliz tili fanidan boʻladigan imtihondan ozod etiladi.

Toʻlov-kontraktni amalga oshirishda 25 foizlik chegirmaga ega boʻlish
• Agar bir oilaning ikki va undan ortiq a’zosi shartnoma asosida SIUTga oʻqishga qabul qilinsa, ularning har biri 25% chegirmaga ega boʻladi.

Grant asosida oʻqishga qabul qilish *
• Har bir yoʻnalish boʻyicha eng yuqori ball toʻplab, birinchi oʻrinni egallagan abituriyentlar SIUT Vasiylik Kengashi Raisi B.Sh.Fazilov tomonidan taqdim etiladigan grant sohiblari boʻlishadi.
• “Mining”, “Geological Engineering”, “Chemical Engineering” va “Energy and Power Engineering” yoʻnalishlari boʻyicha yuqori ballarni qoʻlga kiritgan abituriyentlar uchun har bir yoʻnalishga 5 tadan davlat granti ajratilgan;
• 1200 va undan yuqori koʻrsatkichli SAT sertifikati sohiblari;
• “Eriell” kompaniyalar guruhi xodimlarining farzandlari;
• Mutloq yetimlar;
• Afgʻon urushi ishtirokchilari va faxriylarning farzandlari;
• Birinchi va ikkinchi guruh nogironlari.
* Grantlar imtihonlardan oʻtish balini toʻplagan, ya’ni 60 va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlargagina ajratiladi.

Oʻzingizni qiziqtiruvchi savollar bilan “Call Center”ga +998 55 705-50-05 raqamida murojaat qilishingiz mumkin:
Onlayn tarzda ariza topshirish quyidagi link va saytlar bilan amalga oshiriladi: https://siut.uz/ru/apply-siut-ru
Sayt: siut.uz
Telegram: @siut_uz
Instagram: @siut.uz

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 2022-yil 28-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60 sonli Farmoniga muvofiq tashkil etilgan (49 maqsad: 2026-yilgacha nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari sonini kamida 50 taga yetkazish. Xorijiy davlatlarning yetakchi texnika universitetlari bilan birgalikda Samarqand texnologiya universitetini tashkil etish).

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan № 036721 raqamli litsenziya asosida faoliyat olib bormoqda.