Arktikada qishda nima ro‘y beradi?
🇺🇿 Taqvim bo‘yicha qish kirib kelishi arafasida uning episentrida nima ro‘y berishi haqida bilib olamiz.
❄️ Arktika jo‘g‘rofiy nuqtai nazardan Shimoliy qutb yonida joylashgan
❄️ Arktika iqlimi sayyoramizdagi nafaqat eng qahraton va sovuq, balki eng o‘zgaruvchan hisoblanadi, chunki to‘liq siklonlarga moyil, Arktikada qish esa ularning kuchli harakati bilan ifodalanadi.
❄️ Qishda siklonlar asosan Atlantika okeanidan keladi
va havo haroratining past ko‘rsatkichlari (–60°C gradusgacha), tez-tez bo‘ladigan shamollar (etarli darajada kuchli), bulutli havo singari iqlim o‘zgarishlari ular bilan bog‘liq.
❄️ Arktikadagi qish — bu yarim yil davom etuvchi qutb tuni bo‘lib, shu davrda termometr ustuni minus 60 darajagacha tushib ketishi ham mumkin.
Keyingi postda Arktikadagi ob-havo mavzusi haqida batafsil to‘xtalamiz.
Hozircha esa fleshmobni ishga tushirmoqdamiz va bunda sizning qo‘llab-quvvatlashingizga muhtojmiz.
Arktikada ishlovchi hamkasblarimiz, sizning #Eriell_Arktika_Qish xeshtegi ostidagi qayd va suratlaringizni kutib qolamiz.