September 29, 2021

"Beshkent" IChTBda QYB stajerlarini o‘qitish

🇺🇿 Qarshi shahridagi "Beshkent" IChTBda QYB stajerlarining bir guruhi uchun inklinometriya va telemetrik tizimlar bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi. Tinglovchilarga inklinometriya asoslari, telemetrik tizimdan yer usti uskunasiga signal yuborish va uni rasshifrovka qilish tamoyillari tushuntirildi. Dasturlash va telemetrik tizim parametrlarini sozlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar olindi, shuningdek litiyli batareyalar bilan ishlashda xavfsizlik choralari bo‘yicha tushuntirish berildi.

Kurs davomida tinglovchilar HaiLan YST-48R rusumidagi telemetrik tizim bilan ishlash bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirdi. Kurs tugagach, stajerlar real sharoitlarda olingan bilimlarni amaliyotda mustahkamlash uchun quduqlarga yuborildi.