November 26, 2021

#BirKun

🇺🇿 Biz loyiha muhandisi Kim Vyacheslav Valer'evich bilan #BirKunni o‘tkazdik. Qahramonimiz Kompaniyalar guruhiga 2016 yilda kelib, IChTT muhandis-texnologi sifatida ish boshlagan.

Mutaxassis sifatida ERIELL Group xodimi uchun ish jarayonida eng muhimi — rahbariyat va qo‘l ostidagilar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv hamda jamoaviy ishdir. Kompaniyada ishlash asnosida qahramonimiz nafaqat yangi sohada qimmatli tajriba orttirdi, balki yaxshi insonlar bilan tanishdi, chunki ular bilan ishlash va shunchaki muloqot qilish yoqimli.

«Bir yil ilgari men loyiha boshqaruvi departamentiga loyiha mutaxassisi lavozimiga o‘tkazildim. Mening loyihalarim bo‘yicha majburiyatlarimga quyidagilar kiradi: buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar bilan doimiy hamkorlik qilish; loyiha byudjetini shakllantirish; dala aktlarini tekshirish va quduq ishini shakllantirish va buyurtmachiga topshirish uchun tijoriy dalolatnomani tuzish orqali pudratchi tashkilotlardan ish hajmini qabul qilib olish. Shu bilan birga «O‘rta Osiyo» MBB bo‘yicha NPV kalendar vaqti va to‘plami balansini shakllantirish, shuningdek texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, onlayn-bildirgilarni monitoring va tahlil qilish va boshqalar kiradi», — dedi Vyacheslav Kim.

Qahramonimizning so‘zlariga ko‘ra, u «Lukoyl» (burg‘ulash va QKT), «Hisorneft'gaz» (burg‘ulash), Natural Gas Stream, Uz-Kor Gas Chemical loyihalarida ishtirok etgan, shuningdek quduqlar oqimini intensifikasiya qilish (GRP) bo‘yicha yo‘nalish yaratish bilan shug‘ullangan.

«Men Natural Gas Stream — 15 ta quduqning burg‘ulanishi va Uz-Kor Gas Chemical — 50 ta quduqning muddatdan bir yil oldin burg‘ulanishini o‘zimning eng katta yutug‘im deb hisoblayman, buyurtmachilardan kelgan minnatdorlik xatlari bunga yaqqol misoldir», – dedi Vyacheslav Valer'evich.

Qahramonimizning ish kuni doimo bir finjom issiqqina qahva ichishdan boshlanadi, shundan so‘ng elektron pochtani tekshirish va xatlarga javob berish jarayoni kechadi. Hamkasbimiz ish rejasini tuzadi, so‘ngra kun davomida mazkur ro‘yxatda keltirilgan barcha bandlarni bajaradi. Ish kuni oxirida Vyacheslav Valer'evich o‘tgan kunni sarhisob qiladi.

«Men uchun baxt — bu uyga kelganimda, meni sevgan yaqinlarim intizorlik bilan kutishi va qarshi olishidir», — deya o‘z so‘zini yakunladi Vyacheslav Kim.