Bir Kun bilan texnik-tizim administratori
🇺🇿 Biz texnik-tizim administratori Belous Aleksandr Denisovich bilan #BirKun o‘tkazdik. Qahramonimiz Kompaniyalar guruhiga 2021 yilning 18 fevralida kelgan.
ERIELL Group xodimi uchun mutaxassis sifatida ish jarayonida eng muhimi barcha foydalanuvchilar uchun fundamental ish jarayonini tizimlashtirish, operasion tizim, tizim softi, shuningdek dasturlarning bevosita foydalanuvchining o‘zi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilishida mutlaq yordam ko‘rsatish, foydalanuvchining o‘zining avtomatlashgan ish joyi bilan o‘zaro aloqa qilish jarayonini nazorat qilish, axborot, komp'yuter va tizim texnologiyalariga oid barcha masalalar bilan bog‘liq texnik yechimlarda yordam ko‘rsatishdir.
«Kompaniyada men yangi hamkasblar, do‘stlar va hatto kichik oila orttirdim desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Hamkasblarim va ajoyib rahbarim tufayli hayotim sifati ham yaxshilandi».
Qahramonimizning majburiyatlariga o‘zaro aloqa qilish uchun texnik yoki dasturiy vositalarni kuchaytirish, o‘rnatish, ishga tushirish-sozlash, foydalanishga topshirish, ish jarayoni va bevosita foydalanuvchi uchun texnik va va dasturiy jihatdan maksimal darajada foydali va qulay sharoitlar yaratish, shuningdek yuqorida sanab o‘tilgan barcha bandlarning ish qobiliyati va soz ishlashini qo‘llab-quvvatlash kiradi.
Qisqa vaqt ichida Aleksandr Denisovich ofis tizimini yanada rivojlantirishga muvaffaq bo‘ldi va hozirgi vaqtda uni takomillashtirish bilan shug‘ullanmoqda.
«Men uchun baxt tuyg‘usi abstrakt xarakterga ega. Bu bitta emosional holatga jo bo‘lgan his-tuyg‘ular yig‘indisidir. «Baxt» so‘zi ostida men yaqinlarim va qadrdonlarim bilan mutlaqo uyg‘unlik, ularning xavfsizligi, samimiyligi va moddiy-ma'naviy barqarorligini tushunaman. Baxt istalgan qulay vaziyat, shart-sharoit, erishgan narsamiz, sevgi natijasida hosil bo‘lishi mumkin. Men bu his-tuyg‘uni qandaydir majburiy bo‘lmagan, biroq aslida hayot, kasb-hunar, ijodni davom ettirish uchun o‘ta zarur narsa sifatida qabul qilaman».
Qahramonimizning ish kuni foydalanuvchilarning barcha qurilmalari ishlash qobiliyatini tekshirishdan boshlanadi, shundan so‘ng talabnomalar qabul qilinadi va nosozliklar ma'lum bir soft yordamida masofadan yoki arizachining ish joyida bartaraf etiladi. Tushlikdan so‘ng u sarhisob qilib, profilaktika ishlarini amalga oshiradi.
«Shundan so‘ng biz foydalanuvchilarning ochiq qolgan murojaatlarini taqsimlashga o‘tamiz. Kun yakunida o‘z qurilmamizda profilaktika ishlarini amalga oshirib, uyga yo‘l olamiz».