August 4, 2021

Bir kun bilan: burg‘ulash eritmalari bo‘yicha muhandisi

Biz burg‘ulash eritmalari bo‘yicha muhandisi Babanazarov Bahtiyor Bahodir o’g’li bilan #BirKunni o‘tkazdik.

Baxtiyor ERIELL Groupdagi mehnat faoliyatini 2018 yilda boshlagan. U quduq stvoli sifati uchun javob beradi, burg‘ulash eritmasi tahlilini o‘tkazadi, avariyasiz ishni ta'minlaydi,  burg‘ulash vaqtidagi tushirish-ko‘tarish operatsiyalari, QGTda flyuidlar (gaz, neft', suv) oqimining oldini oladi.

Erta tongdan u burg‘ulash ob'ektiga yo‘l oladi, burg‘ulash eritmasini tozalash tizimi, uning asosiy parametrlari (zichligi, cho‘ziluvchanligi, rN)ni tekshiradi, Bu juda muhim jarayon, axir burg‘ulash eritmasi burg‘ulash brigadasi va atrof-muhitga ziyon yetkazmasligi lozim. Burg‘ulash brigadalari xodimlari bilan hamkorlik qilish qobiliyati burg‘ulash eritmalari bo‘yicha muhandisning muvaffaqiyatli faoliyatining muhim omili hisoblanadi. Bunda nafaqat o‘z ishingizga aloqador jihatlar, balki burg‘ulash ob'ektidagi ishlarning texnologiyasini bilish lozim.

«Ishda men uchun muhim jihat – bu burg‘ulash brigadasining xavfsizligidir, axir biz bir jamoamiz va har birimizning oilamiz bor. Kutilmagan vaziyatlar kamdan-kam sodir bo‘ladi, biroq men muammoni tez fursatda hal qilish uchun barcha ehtimoliy choralarni oldindan o‘ylab qo‘yishga harakat qilaman.  Yosh mutaxassislarga maslahatim: bilimli, stresslarga chidamli, mas'uliyatli, e'tiborli bo‘ling, maqsad sari intiling, o‘zingizga ishoning va tezkor qarorlar qabul qilishdan cho‘chimang. Intilganga tole' yor.

Baxt men uchun – bu birinchi navbatda oilam. Rafiqam va qizim har kuni mening vaxtadan qaytishimni intizorlik bilan kutadi.  Ular doimo meni tushunadi, qo‘llab-quvvatlaydi va kuch-quvvat bag‘ishlaydi».

Bugungi qahramonimiz sportga qiziqadi va bo‘sh vaqtida trenajer zaliga borishga harakat qiladi.