September 6, 2021

#ERIELLIqtidorlar

🇺🇿 Ilxom Ismatillaevich Saidov ERIELL Groupdagi faoliyatini 2018 yilda boshlagan. Hozirgi vaqtda u "O‘rta Osiyo" MBBning mahalliy yetkazib berishlar bo‘yicha tender bo‘limi boshlig‘i, shuningdek LUKOYL RES, Kor Gaz KRS va NGS loyihalari koordinatori hisoblanadi.

5 sentyabr' kuni mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan tennis bo‘yicha respublika juftlik turniri bo‘lib o‘tdi. Unda Ilxom Saidov faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. ERIELL xodimining so‘zlariga ko‘ra, u Masters toifasidagi o‘yinlardagi ishtiroki vaqtida qo‘lga kiritgan natijasidan mamnun. Chorak finalda esa Ilxom Saidovga sovrinli o‘rin uchun kurash ancha qiyin kechdi.

Ilxom Ismatillaevich kompaniyaga ishga kirgan yili tennis bo‘yicha ERIELL Cupda ishtirok etib, birinchi o‘rinni egallagan. Olti yil davomida Ilxom Saidov yiliga ikki marotaba bunday turnirlarda ishtirok etib, 10 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, u boshqa mamlakatlarda o‘tadigan xalqaro musobaqalarda ham ishtirok etadi. Xususan, YeRIELL Group xodimi Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan turnirda ishtirok etib, beshinchi o‘rin sohibi bo‘lgan.

Ilxom Saidov qanday qilib ERIELL Groupdagi faoliyatini o‘z qiziqishi bilan birga olib borishning uddasidan chiqayotgani haqida so‘zlab berdi: sportchi tennis bilan haftasiga 3 martta ertalab 5:30 dan 7:00 ga qadar shug‘ullanar ekan. Bu unga butun kunga yetadigan kuch-quvvat va tetiklik bag‘ishlar ekan.

Ilxom Ismatillaevich bundan keyin ham xalqaro musobaqalarda ishtirok etish niyatida ekanini aytdi. Uning xayriya turnirlarida ishtirok etishga ishtiyoqi baland, chunki ulardan kelib tushgan mablag‘ saraton bilan kurashga yo‘naltiriladi.