August 12, 2021

#BizningQiyofalar

Murtazaev Farrux Alisherovich ERIELL Groupdagi mehnat faoliyatini 2017 yilda Qarshi mintaqaviy boshqarmasida 2 toifali muhandis-texnolog lavozimida boshlagan. 2018 yilda mehnat va atrof-muhit muhofazasi sanoat xavfsizligi bo‘yicha muhandis lavozimiga tayinlangan. 2019 yildan Murtazaev Farrux «Mustaqilikning 25 yilligi» loyihasida sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis lavozimida ishlagan.

2020 yilda Farrux Alisherovich SX, MM va AMM bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, 2021 yildan esa M-25 loyihasida SX, MM va SX bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimini egallaydi.

Farruxning majburiyatlariga ishlarni barcha xavfsizlik talablari — neft' va gaz qazib chiqarish korxonalarida Sanoat xavfsizligi, yong‘inga qarshi, otilib chiqishga qarshi, elektr xavfsizligi, shuningdek mehnat va atrof-muhit muhofazasi qoidalariga rioya qilgan holda olib borilishini ta'minlash kiradi.

Farrux Murtazaevning mutaxassis sifatidagi maqsadi va vazifasi: Kompaniyaning har bir xodimi smenasi tugagach, o‘z oilasi va yaqinlari bag‘riga sog‘-salomat qaytishi shart!