#BizningQiyofalar
Suratda Allaev Akmal Tilovmurodovich. U ERIELL Groupdagi mehnat faoliyatini 2010 yilda ERIELL kompaniyasining Qarshi-Buxoro mintaqasida burg‘ulash bo‘yicha texnolog lavozimida boshlagan.
2011 yildan Akmal Tilovmurodovich Rogozin R-1da burg‘ulash bo‘yicha texnolog bo‘lib ishlagan (Bolgariya loyihasi). 2013 yilda burg‘ulash ustasi sifatida Titas va Rashidpur (Bangladesh loyihasi)ga yuborilgan va u yerda bir yil ishlagan.
2014-2016 yillarda Akmal Allaev burg‘ulash ustasi sifatida o‘z faoliyatini Ustyurt mintaqasi va Buxoro viloyatining qator konlarida davom ettirgan.
2016 yilda Qarshi mintaqaviy boshqarmasi IChX, MM va AMM bo‘limi boshlig‘i lavozimiga o‘tkaziladi, 2019 yildan hozirgi vaqtga qadar esa u M-25 loyihasida ishlab chiqarishni ta'minlash loyihasi rahbarining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
Muvaffaqiyatli mehnat faoliyati va mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun Akmal Allaev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 maydagi farmoni bilan ta'sis etilgan «Mustaqillikning 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.