#BizningQiyofalar
🇺🇿 ERIELL Group "Bizning qiyofalar" ruknida sizlarni o‘z xodimlari bilan tanishtirishda davom etadi.
Ravil' Fattaxovich Belousov ERIELL Groupdagi mehnat faoliyatini 2007 yilda chilangar lavozimida boshlab, 2008 yilda esa mexanik lavozimiga o‘tkazilgan. U Qoraqalpog‘istondagi ob'ektlarda ishlagan, ERIELL Groupning ilk loyihasi bo‘lmish «Bo‘zaxo‘r» va boshqa loyihalarda ishtirok etgan.
2012 yilda Ravil' Fattaxovich ijara-ta'mir sexi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, 2021 yilda esa Prezident mukofotiga sazovor bo‘ldi. Mutaxassis faoliyatining muhim jihati burg‘ulash uskunasini sifatli ta'mirlashdan iborat ekanini ta'kidladi.
Qahramonimiz shuningdek uning majburiyatlariga nafaqat o‘z majburiyatlarini sifatli bajarish, balki rahbariyat ishonchini oqlash, halol mehnat qilish va o‘z ishini vijdonan bajarish ham kirishini qayd etdi.
«ERIELL Groupdagi ish faoliyatim davomida men odamlar bilan ishlash, ularga e'tibor, hurmat ko‘rsatishga o‘rgandim, chilangarlarni o‘qitdim va baholi qudrat ularning mexanik bo‘lishlariga yordam berdim. Ko‘plab shogirdlarim mexanik bo‘lishning uddasidan chiqqanini ta'kidlash joiz», — dedi Ravil' Fattaxovich.
Ijara-ta'mir sexi boshlig‘i Kompaniyada ishlash asnosida
o‘zida sabr-toqat, o‘zini qo‘lga olish va insonlarga mehr-muhabbatli bo‘lish singari fazilatlarni shakllantira oldi.