#BizningQiyofalar
ERIELL Group "Bizning qiyofalar" ruknida Sizlarni o‘z xodimlari bilan tanishtirishda davom etadi.
Bugungi qahramonimiz — chiqindiga qarshi uskuna mexanigi Qurbonov Yashin Kenjaevich.
Yashin Kenjaevich ERIELL Groupdagi mehnat faoliyatini 2008 yilda PVO chilangari lavozimidan boshlagan
2012-2014 yillarda Rossiyaning «Saratov — Orenburg» loyihasida ishtirok etgan. 2014 yildan qahramonimiz PVO mexanigi lavozimida ishlay boshlaydi, 2021 yilda esa PVO xizmati boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlanadi.
Yashin Kenjaevich ish kunini 07:00da sex hamda ta'mirlash bo‘yicha kelib tushgan talabnomalarni tekshirish, qo‘l ostidagilar bilan instruktaj o‘tkazish chog‘ida olib borilayotgan chilangarlik ishlarini taqsimlashdan boshlaydi.
ERIELL Group xodimining so‘zlariga ko‘ra, uning uchun ishda eng muhimi — bu mas'uliyat.
«Fikrimcha, eng asosiysi — bu o‘z ishiga mas'uliyat bilan yondashish hamda hamkasblar va Kompaniyaning ishonchini poymol qilmaslik», — dedi u.
Kompaniyada ishlash asnosida Yashin Kenjaevich yuksak ishonch va hurmat qozondi.
«Men uchun baxt — bu oilam ishonchi va Kompaniyaning yanada taraqqiy etishi. Oila a'zolarim doimo sog‘ bo‘lishi men uchun juda muhim», — deydi qahramonimiz.