#BizningQiyofalar
🇺🇿 Bugungi qahramonimiz — Jizzakh Petroleum MChJ QX loyiha jamoasi texnik rahbari Yodgorov Zafar Nasimovich.
U ERIELL Group kompaniyasidagi mehnat faoliyatini 2010 yilda boshlagan.
«Zapadnoe Yubileynoe» koni (er qa'ridan foydalanuvchi «GAZPROM»)da burg‘ulash bo‘yicha muhandis lavozimidan «Urengoy» koni (er qa'ridan foydalanuvchi «Achimgaz»)dagi beshta burg‘ulash uskunasida chuqur burg‘ulash ekspedisiyasi rahbari lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. 2018 yilda O‘zbekistonga qaytgach, o‘z faoliyatini SURHAN GAS CHEMICAL OPERATING COMPANY loyihasida katta supervayzer lavozimida davom ettirdi. Hozirgi vaqtda u Jizzakh Petroleum MChJ QX loyihasida ishlab kelmoqda.
Jamoa bilan ishlash hamda neft' va gaz quduqlarini burg‘ulash bilan bog‘liq ishlab chiqarish jarayonini boshqarishga o‘rganib qolgan Zafar Nasimovich Kompaniyalar guruhi rivoji va farovonligi yo‘lida barcha yuklatilgan vazifalarni professional ravishda bajarib kelmoqda.