October 11, 2021

#BizningQiyofalar

🇺🇿 "Bizning qiyofalar" ruknida sizlarga ERIELL Group xodimlari to‘g‘risida hikoya qilishda davom etamiz.

Umirov Sobir Ruzimaxmatovich ERIELL Groupdagi mehnat faoliyatini 2013 yil avgust oyida 32 brigada («Shimoliy O‘rtabuloq» koni, 174-sonli quduq)da burg‘ulash ustasi sifatida boshlab, hozirgacha burg‘ulash ishlariga rahbarlik qilmoqda.

Qahramonimiz uchun eng muhimi — ishga qiziqish. Sobir Ruzimaxmatovichning qayd etishicha, neft' va gaz sohasida ishlash — uning qismati.

«Men yoqimli jamoada, qulay sharoitlarda va egiluvchan jadval asosida mehnat qilayapman, ish joyim ham qulay joyda joylashgan. Boshliq sifatida burg‘ulash ob'ektida o‘ziga yarasha obro‘-e'tiborga egaman, o‘z bilimlarimni hamkasblarim bilan bo‘lisha olaman va shu bilan birga endigina ish boshlayotgan yosh mutaxassislarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsataman, ularning xatosiga ishora qilaman».

ERIELL Groupda Sobir Umirov katta tajriba, yangi do‘stlar orttirdi, unga foydasi tekkan insonlar bilan tanishdi, ajoyib jamoaga ega bo‘ldi. U zamonaviy uskuna va yangi texnologiyalar bilan, shuningdek xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlayotganini qayd etdi.

Bugungi qahramonimizning majburiyatlariga ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish, burg‘ulash brigadasining xavfsiz ishlashi uchun sharoitlar yaratish, burg‘ulash ob'ektidagi ishlarni rejalashtirish, xodimlarga ishlab chiqarish bilan bog‘liq topshiriqlarni o‘z vaqtida va aniq yetkazish va ko‘plab boshqa vazifalar kiradi.

Sobir Ruzimaxmatovich ASIA DRILLING (Odamtosh, Jarquduq Qumbuloq), «Lukoyl», (Qandim, Quvachi), Gissarneftgaz (Nishon, Tavakkal), Surkhan Gas Chemical (M-25 Valanjin), «O‘zbekneftegaz» (Somontepa, Tegirmon, Yangi darvoza), Natural gas (Chandir), Jizzakh Petroleum (Shimoliy O‘rtabuloq) singari loyihalarda ishtirok etgan.

«Ko‘p yillik boy tajribam tufayli ishlab chiqarishda avariya holatlarini oldindan aniqlash va ularning oldini olishni o‘rgandim. Men doimo fors-major vaziyatlarga tayyorman va hech qachon tushkunlik va vahimaga berilmayman: muammoni zudlik bilan hal qilaman. Burg‘ulash brigadasi xodimlari meni yarim og‘iz gapimdan tushunadi: natijaga erishish uchun biz yaxlit mexanizmga aylanganmiz».

Sobir Ruzimaxmatovich unga ko‘plab masalalarga mustaqil ravishda yechim topish, ishni tashkil qilish va jamoada o‘zaro yaxshi munosabatlarni saqlash yoqishini qo‘shimcha qildi.

«Meni yakuniy natija ruhlantiradi, oylab davom etgan quduq qurilishidan so‘ng yonib turgan gaz mash'alasini ko‘rish — men uchun ulkan rag‘bat».