October 12, 2021

#BizningQiyofalar

#BizningQiyofalar – Axadov Baxtiyor Baxodirovich

Bugungi kunda ERIELL Groupning "Boysun" IChTBdagi «Mustaqillikning 25 yilligi» loyihasida yetakchi texnolog bo‘lib ishlab kelmoqda.

U Kompaniyadagi mehnat faoliyatini 2018 yil avgust oyida boshlagan.

3 razryadli burg‘ulovchi yordamchisi lavozimidan «Mustaqillikning 25 yilligi» loyihasi yetakchi texnologi lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.

Qahramonimiz I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft' va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali bitiruvchisi hisoblanadi.

2020 yilda «Boysun» IChTBda Baxtiyor Axadov BAKER HUGHES kompaniyasi muhandislari tomonidan o‘tkazilgan o‘quv kursida ta'lim oldi. Amaliy mashg‘ulotlar subpudrat tashkilotlari muhandislik ko‘magini jalb qilmasdan sermahsul gorizontlar ob'ektlarini ajratish uchun ko‘prik tiqinlarini eksplutasiya qilish va o‘rnatish imkonini beruvchi tushirish instrumentini yig‘ish, ko‘zdan kechirish va u bilan mustaqil ravishda ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan.

Bugungi kunda Baxtiyor Baxodirovich tomonidan «Mustaqillikning 25 yilligi» (operator – SURHAN GAS CHEMICAL) va JIZZAKH PETROLEUM kompaniyasi ob'ektlarida ko‘prik tiqinlarini o‘rnatish ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.