Bizning Qiyofalar
🇺🇿 ERIELL Group sizlarni o‘z xodimlari bilan tanishtirishda davom etadi. Bugungi qahramonimiz — «2017-2021 yillarda uglevodorod qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi» loyihasi koordinatori Alisher Baxtiyorovich Baxtiyorov.
Alisher Baxtiyorovich ERIELL Groupdagi mehnat faoliyatini 2012 yilda «Eriell neftegazservis» MChJ Usinsk filialida burg‘ulash brigadasiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chilangar lavozimida boshlagan. 2018 yilda u Toshkentga ishga o‘tkaziladi. Shu yillar ichida u muhandis, mexanik va xaridlar bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlashga ulgurdi.
ERIELL Group xodimining so‘zlariga ko‘ra, uning uchun ishda eng muhimi — ishlab chiqarish va hamkorlar o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatishdir.
«Men Kompaniyadan orttirgan ko‘nikmalarim hamda neft' va gaz tarmog‘i mutaxassisi bo‘lib yetishganim uchun minnatdorman. Shu vaqt ichida u ulkan tajriba va shaxsiy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan fazilatlarga ega bo‘ldim. ERIELL Groupda hamma narsani, tarmoq spesifikasi asoslaridan tortib o‘z ishining ustasi bo‘lishni o‘rganishga muvaffaq bo‘ldim».
Alisher Baxtiyorovichning majburiyatlariga loyiha tavakkalchiliklarini doimiy tahlil qilish va baholash, dastlabki baholash bosqichida loyiha rahbari, loyiha guruhi va Kompaniyaning tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda loyihani amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida xulosa berish kiradi.
Yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari qahramonimizning majburiyatlariga shuningdek shartnoma shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish, doimiy asosda buyurtmachi bilan samarali hamkorlikni tashkil qilish, shuningdek loyihaning eng muhim masalalari bo‘yicha haftalik hisobotlarni tuzish kiradi.