October 25, 2021

#BizningQiyofalar

🇺🇿 #BizningQiyofalar ruknida xodimlarimiz to‘g‘risida hikoya qilishda davom etamiz.

Sabriev Marlen Refatovich ERIELL Groupdagi mehnat faoliyatini 2011 yil 15 sentyabrda «Noviy Urengoy» IChTB xodimi lavozimidan boshlagan. Keyinchalik u Noviy Urengoy filiali bo‘yicha IQX xodimi, so‘ngra komendant lavozimiga o‘tkaziladi. 2014 yildan qahramonimiz «Qandim» IChTBda mudir o‘rinbosari va keyinchalik Buxoro viloyati bo‘yicha komendant lavozimida ishlaydi.

«Hozirgi vaqtda mening majburiyatlarimga «Qandim» IChTBni obodonlashtirish, yuqorida qayd etilgan ob'ektlarga taalluqli moddiy boyliklar bo‘yicha hisobot yuritish, shuningdek xodimlarni shaxsiy himoya vositalari bilan o‘z vaqtida ta'minlash kiradi».

Marlen Sabriev uchun ishda eng muhimi mehnatsevarlik, halollik va hamkasblar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatdir. U ERIELL Groupda katta amaliy tajribaga ega bo‘ldi, turli mintaqa va mamlakatlardan ko‘plab do‘stlar orttirdi, g‘aroyib va juda go‘zal tabiat manzaralari — tundra va Shimoliy qutbdan tortib Buxoro cho‘llarining qum bo‘ronlarigacha ko‘rish baxtiga muyassar bo‘ldi.

ERIELL Groupda ishlash asnosida Marlen Refatovich Noviy Urengoyning «ENGS» loyihasida, «Achimgaz» konlarida, Noviy Urengoyda yangi baza barpo etilishida ishtirok etgan, bir necha bor Noviy Urengoy filialining eng yaxshi komendanti e'tirofiga sazovor bo‘lgan, Buxoro viloyati bo‘yicha loyihada ishtirok etib, halol va vijdonli xodim sifatida maqtov yorlig‘i bilan taqdirlangan.

Ishda ERIELL Group mutaxassisiga ish jarayonining o‘zi ilhom bag‘ishlaydi. Marlen Sabrievning oilasi va farzandlari esa unga baxt tuyg‘usini ulashadi.

«Kompaniyamiz — turli millat vakillaridan tarkib topgan katta oila hisoblanib, unda qaysi shahar va mamlakatdan bo‘lishinga qaramay, hamkasb, yaxshi do‘st va qadrdon aka-uka bo‘lish mumkin».