#BizningQiyofalar
🇺🇿 ERIELL Group "Bizning qiyofalar" ruknida sizlarni xodimlari bilan tanishtirishda davom etadi. Bugungi qahramonimiz — sex boshlig‘i Baxtiyor Xoshimov.
Baxtiyor Sodikovich ERIELL Groupdagi mehnat faoliyatini 2005 yilda 6 razryadli tokar lavozimidan boshlagan. 2007 yilda sex ustasi lavozimiga o‘tkaziladi, 2010 yilda esa ta'mirlash-mexanika sexi boshlig‘i bo‘ldi. Bugungi kunda sex «Beshkent» IChTBda faoliyat yuritmoqda.
Baxtiyora Xoshimovning majburiyatlariga ishlab chiqarish materiallarida kamchiliklar yo‘qligi nazorat qilish, shuningdek belgilangan vazifalarga muvofiq yarim tayyor mahsulotlar, moslamalar, asboblar, texnik hujjatlarga o‘z vaqtida buyurtma berish va ularning o‘z vaqtida yetkazib berilishi ustidan nazoratni amalga oshirish kiradi. Shuningdek u korxona xodimlari to‘g‘ri ishlashi, mehnat unumdorligini doimiy ravishda nazorat qilish bilan shug‘ullanadi.
Baxtiyor Sodikovich kompaniyalar guruhining barcha loyihalarida ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi, chunki ta'mirlash-mexanika sexi ERIELL Groupning O‘zbekistondagi barcha burg‘ulash va mobil' qurilmalariga xizmat ko‘rsatadi. Burg‘ulash qurilmalaridan tashqari u ATS, PVO, VMSlarning yordamchi xizmatlari, sex va boshqa xizmatlar tamponajlariga xizmat ko‘rsatadi.
«Kompaniyada ishlash asnosida men puxtalik singari fazilatga ega bo‘ldim. O‘ylaymanki, aynan u menga bugungi kunda mahsulotlarni minimal uzilishlarsiz ishlab chiqaruvchi sex ustasi bo‘lishga yordam berdi. Bu o‘z navbatida, burg‘ulash uskunalarimiz va barcha yordamchi sexlarning uzluksiz ishlashiga yordam beradi», — deydi Baxtiyor Sodikovich.
Baxtiyor Xoshimovga ishda yangi bilimlar orttirish, tajribani yosh avlodga berish, yangi kelgan tokarlar, chilangarlarni o‘qitish, shuningdek ular ish o‘rganishdan qanchalik manfaatdor ekani va bunga qanchalik intilayotganini anglash ilhom beradi.
«Men uchun baxt — bu yaqinlarim, rafiqam, farzandlarim va nabiralarim sog‘ligi va omonligidir. Kompaniyada ishlar ekanman, mening haqiqatdan ham kelajagimiz uchun ko‘nglim to‘q va bu barqarorlik baxt tuyg‘usini beradi».