November 2, 2021

#BizningQiyofalar

🇺🇿 ERIELL Group #BizningQiyofalar ruknida sizlarni o‘z xodimlarimiz bilan tanishtirishda davom etadi. Bugungi qahramonimiz — loyihalarning iqtisodiy samaradorligi bo‘limi bosh mutaxassisi Maseev Anvar Alixonovich.

Anvar Maseev ERIELL Groupdagi faoliyatini 2013 yilda LIS bo‘limida yetakchi mutaxassis lavozimida boshlagan. Hozirgi vaqtda uning majburiyatlariga Kompaniyaga daromad keltiruvchi loyihalar tan narxi va kommersiyasi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish kiradi.

Ishlash davomida Anvar Alixonovich LUKOYL va Iroqdagi Petronas kompaniyalari, shuningdek Rossiya va O‘zbekistonning boshqa loyihalari kommersiyasini hisob-kitob qilishga ulgurdi.

«Men hisoblagan loyihalar g‘olib bo‘ldi va natijada buyurtmachilar va Kompaniyamiz o‘rtasida shartnomalar imzolandi», — dedi Anvar Maseev.

ERIELL Group xodimi uchun ishda eng asosiysi samaradorlik, aniqlik va diplomatlikdir. Hamkasbimiz Kompaniyaga boshqa bo‘linmalar bilan ishlash bo‘yicha orttirilgan tajriba, xorijiy mutaxassislar bilan muzokaralar olib borish ko‘nikmalari uchun minnatdor. ERIELL Groupda u shuningdek ishonchli do‘stlar va hamkasblar orttirdim.

Kompaniyada ishlash asnosida Anvar Alixonovich unga mintaqalarda yangi loyihalar ishlab chiqish, qiziqarli vazifalar va loyihalar jo‘g‘rofiyasini kengaytirish ilhom berishini anglab yetdi.

«Men uchun baxt — bu nafaqat ishda, balki hayotda ham qo‘yilgan maqsadlarga erishishdir», — deya o‘z so‘zini yakunladi Anvar Maseev.