November 19, 2021

#BizningQiyofalar

🇺🇿 ERIELL Group "Bizning qiyofalar" ruknida sizlarni o‘z xodimlari bilan tanishtirishda davom etadi. Bugungi qahramonimiz — loyiha boshqaruvi departamentining burg‘ulash bo‘yicha muhandisi Solijonov Sarvarjon Odilovich.

Sarvarjon Odilovich ERIELL guruhidagi mehnat faoliyatini 2011 yilda Moskvadagi «ERIELL NEFTEGAZSERVIS» MChJ muhandislik bo‘limida yetakchi muhandis lavozimida boshlagan.

Uning majburiyatlarga buyurtmachi bilan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnomalarni taqdim etish, loyiha bo‘yicha kalendar vaqti muvozanatiga doir masalalarni hal qilish borasida o‘zaro hamkorlik qilish kiradi. Qahramonimizning so‘zlariga ko‘ra, ERIELLda ishlash davomida u ko‘plab do‘stlar orttirgan.

2011 yil noyabridan 2017 yil martgacha bo‘lgan mehnat faoliyati davomida Sarvarjon Odilovich yetakchi muhandis sifatida «ERIELL NEFTEGAZSERVIS» MChJning Rossiyadagi barcha loyihalarida ishtirok etgan. 2017 yil aprelidan 2018 yil oktyabr' oyigacha muhandis-texnolog, 2018 yil noyabridan 2019 yil iyunigacha buyurtmachi «Gazprom neft' – Messoyaxaneftegaz» va «Gazpromneft' – Yamal» loyihalarida burg‘ulash ustasi sifatida faoliyat yuritgan.

2019 yil iyunidan 2020 yil oktyabrigacha hamkasbimiz «ERIELL NEFTEGAZSERVIS» MChJ Noviy Urengoy filialida IChTB boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2020 yil 25 noyabridan 2021 yil 15 noyabrgacha JIZZAKH PETROLEUM MChJ QX loyihasining Qarshidagi loyiha boshqaruvi guruhida yetakchi muhandis lavozimini egallagan.

Joriy yilning 17 noyabridan Sarvarjon Odilovich Sanoat Energetika Guruhi MChJ XK loyihasining Toshkentdagi loyiha boshqaruvi departamentining burg‘ulash bo‘yicha yetakchi muhandisi etib tayinlandi.

«Men uchun ishda eng muhimi – bu ish davomida o‘zaro anglashuv va hamjihatlik, shuningdek ahil jamoa», – dedi qahramonimiz.

Sarvarjon Odilovich uchun baxt – bu yaqinlari doimo yonida bo‘lib, sog‘-omon bo‘lishidir.