#BizningQiyofalar
🇺🇿 ERIELL Group "Bizning qiyofalar" ruknida sizlarni o‘z xodimlari bilan tanishtirishda davom etadi. Bugungi qahramonimiz — sifat nazorati bo‘yicha muhandis Manasipov Igor' Gennad'evich.
Igor' Gennad'evich ERIELL guruhidagi mehnat faoliyatini 2019 yil avgust oyida qiya yo‘naltirilgan burg‘ulash (QYB) xizmatining telemetrik tizimlar bo‘yicha II toifali muhandis-elektronigi lavozimida boshlagan.
Hamkasbimizning majburiyatlariga qoidalar va tartib-taomillarni ishlab chiqish, joriy etish va kuzatish, bajarilgan ishlarni tahlil qilish va QY burg‘ulash sifatini oshirish yo‘llarini izlash kiradi.
«Kompaniyada ishlash asnosida men nafaqat qiya yo‘naltirilgan burg‘ulash va yuqori texnologik uskunalar bilan ishlash sohasida ko‘nikmalar va tajriba orttirdim, balki jarayonlarning o‘zaro aloqasini ancha keng miqyosda ko‘rish ko‘nikmasi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan og‘ishlarni yaxshilash va oldini olish uchun joylarni aniqlash qobiliyatiga ega bo‘ldim.
Shu bilan birga nisbatan qisqa vaqt ichida men hamkasblarim timsolida yaxshi do‘stlar orttirdim, ular tufayli har qanday vaxta qanday o‘tgani bilinmaydi va huzur-halovatda o‘tadi», — dedi Igor' Manasipov.
ERIELLda ishlash davomida qahramonimiz turli ishlab chiqaruvchilarning uskunalarida ishlagan.
«Teletizimlarning ishlash tamoyilini chuqur tushunish va ularning eksplutasiyasini tahlil qilish menga uskuna ishlashdan bosh tortishi singari favqulodda hodisalarni tezkorlik bilan bartaraf etishga yordam berdi», — dedi Igor' Gennad'evich.
ERIELL xodimining so‘zlariga ko‘ra, uning uchun ishda eng muhimi — foydali bo‘lish, erishilgan yutuqlarda to‘xtab qolmay, yangi cho‘qqilarni zabt etishdir.
«Men uchun baxt – bu yaqinlarim sog‘-salomat bo‘lishi, oilam bilan yetarlicha vaqt o‘tkazish va shu bilan bir qatorda vaxtada bo‘lganimda, ular tinch-omon ekanidan ko‘nglim to‘q bo‘lishidir».