November 25, 2021

#BizningQiyofalar

🇺🇿 ERIELL Group "Bizning qiyofalar" ruknida sizlarni o‘z xodimlari bilan tanishtirishda davom etadi. Bugungi qahramonimiz — burg‘ulash uskunasi xaridlari bo‘limi mutaxassisi Abdullaev Aziz Fatidinovich.

Aziz Fatidinovich ERIELL guruhidagi mehnat faoliyatini 2005 yilda burg‘ulash uskunasi mexanigi lavozimida boshlagan.

Hamkasbimizning majburiyatlariga xaridlar hajmini monitoring va nazorat qilish, rahbariyat va arizachilar bo‘linmalari uchun hisobot tuzish, kontraktasiya va shartnomalarni boshqarish, MTR yetkazib berilishini nazorat qilish, belgilangan nomenklatura bo‘yicha ishlar va xizmatlarni bajarish va h.k. lar kiradi.

ERIELLda ishlash davomida Aziz Fatidinovich nafaqat boy tajriba orttirdi, balki ajoyib jamoaga ham ega bo‘ldi. ERIELL xodimining so‘zlariga ko‘ra, uning uchun eng muhimi — tezkorlik va bajarilayotgan ishning sifatidir.

Hamkasbimiz shuningdek u 2005 yildan beri ERIELL Guruhi "O‘rta Osiyo" MBBning quduqlarni burg‘ulash bo‘yicha amalga oshirilayotgan barcha loyihalarida ishtirok etganini qayd etdi. 2012-2014 yillarda esa u «Eriell Neftegazservis" MChJning «Arktikgaz» loyihasida ishtirok etgan.

«Baxt – bu inson o‘zi sevgan ish bilan shug‘ullanishi va bundan qoniqish hosil qilishidir. Ammo, eng asosiysi – bu sevgan insoningizning g‘amxo‘rligi va e'tibori hamda barcha yaqinlaringizning sog‘ligidir», – deya o‘z so‘zini yakunladi Aziz Fatidinovich.