December 2, 2021

#BizningQiyofalar

🇺🇿 ERIELL Group #BizningQiyofalar ruknida sizlarni o‘z xodimlari bilan tanishtirishda davom etadi. Bugungi qahramonimiz — burg‘ulash uskunasi bo‘yicha beshinchi razryadli chilangar Xakkulov Ixtiyor Arabovich.

ERIELL guruhi xodimi o‘z mehnat faoliyatini to‘rtinchi razryadli motorist lavozimidan boshlagan. 2017 yilda u «Iroq» loyihasiga, 2018 yilda esa Urengoyga jo‘natilgan. 2019 yildan qahramonimiz M-25 loyihasiga burg‘ulash uskunasi bo‘yicha beshinchi razryadli chilangar lavozimiga o‘tkazilgan.

ERIELL xodimi majburiyatlariga mexanik uskunani texnik jihatdan to‘g‘ri eksplutasiya qilish va o‘z vaqtida ta'mirlash, burg‘ulash qurilmasining uzluksiz ishlashi va o‘z vaqtida ta'mirlanishini ta'minlash, shuningdek mexanizmlar ishini muntazam nazorat qilish kiradi.

ERIELL Guruhida Ixtiyor Arabovich yaxshi do‘stlar, ish tajribasi orttirdi. U yosh avlod bilan o‘z tajribasini bo‘lishishda davom etmoqda.

Ixtiyor Arabovich uchun ishda eng muhimi barcha uskunalarning avariyasiz va buzilmay ishlashidir.

«Men uchun baxt – bu orzu-umidlaring ushalishi, sevgan kasbing bilan shug‘ullanib, bundan zavq olishingdir. Biroq, eng muhimi - bu yaqin insonlarimning mehri va g‘amxo‘rligi, oila a'zolarim sog‘ligidir», — deya o‘z so‘zini yakunladi Ixtiyor Arabovich.