#BizningQiyofalar
🇺🇿 ERIELL Group #BizningQiyofalar ruknida Sizlarni o‘z xodimlari bilan tanishtirishda davom etadi. Bugungi qahramonimiz Moddiy texnik ta'minot departamenti quduq ichi uskunasi bo‘limining yetakchi mutaxassisi Normatov Azizbek Abdullajonovich.
Azizbek Abdullajonovich ERIELLdagi mehnat faoliyatini 2013 yilda xaridlar bo‘limi mutaxassisi lavozimidan boshlagan.
Xarid uchun kelib tushayotgan talabnomalarni tahlil qilish, salohiyatli va malakali kontragentlar ro‘yxatini shakllantirishdan tashqari Azizbekning xizmat majburiyatlariga shuningdek kontragentlar bozorini o‘rganish, MTR yetkazmalarini nazorat qilish, kontragentlar bilan tijoriy muzokaralar olib borish, kontraktasiya va shartnomalarni boshqarish, omborga biriktirilgan nomenklatura bo‘yicha MTR kelib tushishini nazorat va monitoring qilish kiradi.
ERIELL Guruhida ishlash asnosida Azizbek Abdullajonovich bebaho tajriba, yangi do‘stlar orttirdi va hamfikr insonlarni uchratdi. U unga birinchi kundanoq yordam va maslahatlar bergan departament va VSO bo‘limi boshliqlari timsolidagi ustozlarini eng asosiy boylik sifatida e'tirof etadi.
Yuksak mehnat ko‘rsatkichlariga erishgani va Kompaniya faoliyati samaradorligini oshirishga qo‘shgan salmoqli hissasi Azizbek Abdullajonovich bir necha bor Rahbariyat tashakkurnomasiga sazovor bo‘lgan.
U qo‘yilgan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi va Kompaniya ehtiyojlari uzluksiz ta'minlanishini o‘z ishining muhim ko‘rsatkichi deb hisoblaydi.
«Men shunday ajoyib jamoada o‘z sevgan kasbim bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega ekanligimdan baxtiyorman», – deya o‘z so‘zini yakunladi qahramonimiz.