#BizningQiyofalar
🇺🇿 #BizningQiyofalar ruknining bugungi qahramoni ERIELL Noviy Urengoy filiali xodimi - quvurlarni ta'mirlash sexi boshlig‘i Mamedov Gabil Latifullaevich.
Gabil Latifullaevich uchun kasb tanlash masalasi bolalikdanoq aniq bo‘lgan: uning otasi tokar bo‘lib ishlagan va o‘g‘lida ham yangi buyumlar yaratish singari bu murakkab san'atga qiziqish uyg‘otgan.
Gabil Latifullaevich gaz texnikumini bitirib, 1996 yildan mehnat faoliyatini boshlagan. U 2010 yildan beri Noviy Urengoy filialida ishlab kelmoqda: u dastavval tokar bo‘lib ishlagan, so‘ngra brigadir bo‘lgan, 2018 yildan esa quvurlarni ta'mirlash sexi boshlig‘i lavozimini egallab kelmoqda. Bunday kar'era yo‘li uning tajribasi va malakasidan dalolatdir.
U o‘z ishini san'atdek – oddiy detallardan san'at asari yaratish deb qabul qiladi. Ya'ni, ko‘zga ko‘rinmas temir bo‘lagini olib, undan to‘qmoq yasash. U hamkasblari bilan bir necha bor murakkab yechimlarni tanlab olib, detallar yasagan.
Qahramonimiz fantaziyasining g‘aroyib parvozi va iqtidori bilan karuseldagi suratlarda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
«Ish – bu fantaziyalar parvozidir. Toza oq qog‘oz – toza temir bo‘lagi va faqat sen undan istagan narsangni yaratishing mumkin», – deydi Gabil Latifullaevich.