December 14, 2021

#BizningQiyofalar

🇺🇿 ERIELL Group #BizningQiyofalar ruknida sizlarni o‘z xodimlari bilan tanishtirishda davom etadi. Bugungi qahramonimiz — MTT bo‘yicha mutaxassis Utamov Hamro Jumabaevich.

Xamro Utamov ERIELL Guruhidagi mehnat faoliyatini 2013 yilda marketing bo‘yicha mutaxassis lavozimidan boshlagan. Uning majburiyatlariga kontragentlar bilan shartnomalar tuzish, tovarlar va mahsulotlar bozorini monitoring qilish, yetkazib berish va yuklash kiradi.

«ERIELL Guruhida ishlash davomida men bebaho amaliy tajriba, ajoyib jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari va yaxshi do‘stlar orttirishga muvaffaq bo‘ldim», — dedi hamkasbimiz.

2013-2021 yillarda Hamro Utamov Qarshi-Buxoro mintaqasining neft' va gaz ob'ektlarini qurish va obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarida ishtirok etdi.

Qahramonimiz uchun ishda eng muhimi ahil jamoa, o‘zaro anglashuv va erishilgan natija hisoblanadi.

«Men uchun baxt — bu foyda keltirish, shuningdek qo‘yilgan maqsadlarga erishishdir», — deya o‘z so‘zini yakunladi Hamro Utamov.