July 21, 2022

#ОдинДень с руководителем проектов

#ОдинДень с руководителем проектов

Сегодня мы провели один день с Ильхомом Исматиллаевичем Саидовым – руководителем проектов Uz-Kor Gas Chemical, Лукойл КРС и начальником тендерного отдела по местным закупкам ДМТО (Департамент материально-технического обеспечения).

Ильхом Саидов работает в ERIELL Group с ноября 2018 года. День нашего сегодняшнего героя начинается очень рано. С 5:30 до 7:30 он занимается теннисом для подержания спортивной формы и обретения положительного тонуса на весь рабочий день.

В начале рабочего дня Ильхом Исматиллаевич проводит планерку с руководством Департамента проектного управления по всем действующим проектам в направлении капитального ремонта скважин (КРС) для определения и планирования решений текущих задач, а также своевременной реализации контрактных обязательств перед Заказчиками. Кроме того, формируется план работ на текущий день для решения всех поставленных задач и проблемных вопросов.

Завершается рабочий день экспресс-анализом проделанной за день работы и предварительным планированием задач на следующий день.

Добросовестный подход к рабочему процессу в целом – вот в чём видит свою основную миссию в Компании Ильхом Саидов.

Сегодня в его основные обязанности входят: своевременная реализация действующих и доверенных команде ДПУ проектов; контроль и мониторинг всех процессов закупочной деятельности МТО, включая полноценную процедуру тендерных торгов по поставкам ТМЦ/оборудования для проектов на территории Республики Узбекистан.

Говоря о навыках необходимых для работы, Ильхом Исматиллаевич отмечает: «Большую роль имеют жизненный опыт, многолетний стаж и практика работы общения с коллективом и партнерами, обязательное участие в корпоративной жизни команды, принятие оперативных решений для реализации поставленных задач, постоянное поддержание морального духа, ориентируясь на конечный результат, и, конечно же, преданность своей команде».

Понятие командного духа очень близко нашему герою, не случайно он подчёркивает:
«Самое важное в работе – это, в первую очередь, дружеские отношение, уважение ко всем коллегам, сплоченность коллектива, профессиональный и качественный подход к каждой поставленной задаче, целеустремленность в работе, постоянное повышение квалификации, работа над своими ошибками».
Ошибки, возникающие проблемы и поиск выхода из них также дают необходимый для профессионала опыт, вырабатывают определенный алгоритм реагирования на них.

«Для начала необходимо максимально сконцентрироваться и быстро реагировать, оценить сложившуюся ситуацию. Затем нужно подключить всех коллег, партнеров по работе, при необходимости вышестоящее Руководство для оперативного решения проблемной ситуации. Такой подход в решении проблемы часто дает положительный результат».

Ильхом Исматиллаевич впечатляет не только своим высоким профессионализмом в работе, но и спортивными достижениями. Его главное увлечение — любительский теннис. Он старается почаще принимать участие в состязаниях по большому теннису различного уровня, в том числе, международного. А кроме того увлекается настольным теннисом, горными лыжами, волейболом.

Что же касается семейного досуга, то наш герой любит проводить выходные с детьми на свежем воздухе. Его увлеченность спортом служит примером для детей и Ильхом Исматиллаевич следит уже и за их спортивными достижениями в таких видах, как хоккей и спортивная гимнастика. Ко всему прочему, наш герой увлекается охотой и рыбалкой, в основном на озерах Бухарской области.

Жить в таком активном и насыщенном ритме, Ильхому Саидову помогает, в том числе, девиз: «Все что не делается – всё к лучшему». Этот оптимизм находит отражение в его определении счастья:
«Счастье для меня – здоровье родных, успешная работа, любимое хобби и самое главное семейное благополучие. Я проснулся утром – уже счастье».

Loyiha rahbari bilan #BirKun

Bugun biz bir kunimizni Uz-Kor Gas Chemical, Lukoil KRS loyihalari rahbari va mahalliy xaridlar bo‘yicha tender bo‘limi (Moddiy-texnik ta’minot deprtamenti) boshlig‘i Ilhom Ismatillayevich Saidov bilan o‘tkazdik.

Ilhom Saidov ERIELL Group kompaniyasida 2018 yilning noyabr oyidan beri ishlab kelmoqda. Qahramonimizning kuni juda erta boshlanadi. 5:30 dan 7:30 gacha u ish kuni davomida sog‘lom bo‘lish va ijobiy tonus olish uchun tennis o‘ynaydi.

Ish kuni boshida Ilhom Ismatillayevich Loyiha boshqaruvi boshqarmasi rahbariyati bilan quduqlarni kapital ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan barcha loyihalar boʻyicha dolzarb muammolarni hal etish yoʻllarini aniqlash va rejalashtirish, mijozlar oldidagi shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha qisqa yigʻilish oʻtkazadi. Bundan tashqari, barcha vazifalar va muammoli masalalarni hal qilish uchun joriy kun uchun ish rejasi tuziladi.

Ish kuni bajarilgan vazafilarning ekspress tahlili va keyingi kun uchun vazifalarni oldindan rejalashtirish bilan yakunlanadi.

Ilhom Saidov Umumiy ish jarayoniga vijdonan yondashishni Kompaniyadagi asosiy missiyasi deb biladi.
Bugungi kunda uning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: Loyiha boshqaruvi departamentiga ishonib topshirilgan loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish; moddiy-texnik ta’minotga tegishli barcha xarid jarayonlarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasidagi loyihalar uchun tovar-moddiy boyliklar/uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha tender savdolari jarayonlarini nazorat qilish va monitoring qilish.

Ilhom Ismatillayevich ish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar haqida gapirar ekan, quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: “Hayotiy tajriba, ko‘p yillik ish staji, jamoa va hamkorlar bilan ishlash amaliyoti, jamoaning korporativ hayotida ishtirok etish, qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilish, doimiy ruhiy holatni saqlab qolish, asosiy e‘tiborni yakuniy natijaga qaratish va, albatta, o‘z jamoasiga fidoyilik ish faoliyati davomidagi natijalarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi”.

Jamoaviy ruh tushunchasi bizning qahramonimizga juda yaqin, shu sababli quyidagi gaplar qahramonimiz tomonidan bejiz aytilmgan:
“Ish jarayonida yuqori natijalarga erishish uchun jamoa orasidagi do‘stona munosabatlar, barcha hamkasblarga nisbatan hurmat, jamoa ahilligi, har bir ishga professional va sifatli yondashish, ishga fidoyilik, doimiy ravishda malaka oshirish va xatolar ustida ishlashga alohida e’tibor qaratish lozim”.

Xatolar, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning izlash ham professionalga zarur tajribani beradi, ularning yechimi toppish uchun ma’lum bir algoritmni ishlab chiqadi.

“Birinchidan, iloji boricha diqqatni jamlash va tezkor javob berish, mavjud vaziyatni baholash kerak. Keyin muammoli vaziyatni tezkor hal qilish uchun barcha hamkasblarni, hamkorlarni, agar kerak bo‘lsa, yuqori boshqaruvni jalb qilish kerak. Muammoni hal qilishda bunday yondashuv ko‘pincha ijobiy natija beradi”.

Ilhom Ismatillayevich nafaqat ishidagi yuksak professionalligi, balki sportdagi yutuqlari bilan ham insonni hayratda qoldiradi. Uning asosiy sevimli mashg‘uloti - havaskor tennis. U turli darajadagi tennis musobaqalarida, jumladan, xalqaro musobaqalarda tez-tez qatnashishga harakat qiladi. Bundan tashqari, u stol tennisi, chang‘i va voleybolni yaxshi ko‘radi.

Oilaviy hordiq haqida gapiradigan bo‘lsak, qahramonimiz dam olish kunlarini farzandlari bilan toza havoda o‘tkazishni yaxshi ko‘radi. Uning sportga bo‘lgan ishtiyoqi farzandlariga ham o‘rnak bo‘lgan, Ilhom Ismatillayevich ularning xokkey, gimnastika kabi sport turlari bo‘yicha erishayotgan yutuqlarini kuzatib bormoqda. Qolaversa, qahramonimiz Buxoro viloyatidagi ko‘llarda ov qilish va baliq ushlashni yaxshi ko‘radi.

“Nima bo‘lganda ham – hammasi yaxshilikka” degan shior qahramonimizga faol va turli voqealarga boy hayot ritmida yashashga yordam beradi. Bunday optimizm hayotiga ham ta’sir qiladi:
“Baxt deganda birinchi navbatda yaqinlarimning salomatligi, sevimli ishim va xobbilarimni, va eng muhimi, oilaviy farovonlikni tushunaman. Ertalab uyg‘onganimning o‘zi katta baxt”.