December 1, 2021

«Boysun» IChTBda FVVdagi harakatlar mashq qilindi

🇺🇿 ERIELL Guruhi o‘z ob'ektlarida xavfsizlik masalalariga alohida e'tibor bilan yondashadi. Zero, har bir xodimning sog‘ligi va hayoti juda qadrli.

Yong‘in xavfsizligining oldini olish tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosi doirasida ERIELLda «ERIELL O‘O MBB bo‘yicha kuz-qish davrida yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida"gi farmoyishi imzolandi.

«Boysun» IChTBda FVV organlari (yong‘inga qarshi), shuningdek Boysun tumani elektr tarmoqlari korxonasi, gaz ta'minoti bo‘limi, tez yordam va boshqa bo‘linmalar vakillari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Tadbir davomida kompaniya xodimlari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari (YoXQ) va turli favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. FVV yong‘in masalalari bo‘yicha vakillari tomonidan loyiha ob'ektlarida imitasiya qilingan yong‘inni tezkor ravishda bartaraf etish uchun zarur harakatlar bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.

Oleg Vladimirovich Zagrebel'skiy, ERIELL «O‘rta Osiyo» MBB bosh energetiki o‘rinbosari: «Yong‘inni o‘chirish bo‘yicha mashg‘ulotlar paytida shaxsiy tarkib harakatlari tartibi, odamlarni qutqarish harakatlari va usullari namoyish etildi, shuningdek bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildi. Yong‘in o‘chog‘i paydo bo‘lishi imitasiyasi puxta ishlab chiqildi, chunki «Boysun» IChTBdagi yong‘in yuksak darajadagi xavfga tenglashtiriladi. Bunday tipdagi ob'ektlarda yong‘in o‘chog‘i yuzaga kelishi ko‘plab xavflarni keltirib chiqaradi: xodimlarning hayoti va sog‘liga xavf, binolarning tutunga to‘lishi, vahima yuzaga kelishi xavfi va boshqalar».

Yong‘in o‘chiruvchilarning asosiy vazifalardan biri ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish va shu orqali «Boysun» IChTB xodimlari harakatlarini mukammallik va tezkorlik darajasiga yetkazishdan iborat edi. O‘quv mashg‘ulotlarining taktik rejasiga ko‘ra, baza hududida yong‘in ro‘y berib, yong‘inga qarshi signalizasiya ishlab ketdi. Xodimlar 101 telefon raqami orqali yong‘in to‘g‘risida xabar berdi va xodimlarni evakuasiya qilishga kirishdi. O‘t o‘chiruvchilar zudlik bilan yong‘in o‘chog‘iga yetib keldi hamda jangovar joylashtirish va yong‘in o‘chirilishini tashkil qildi.

«Tibbiy yordam xodimlari tomonidan jabrlanuvchining imitasiya qilingan evakuasiyasi amalga oshirildi, jabrlanuvchi roli ham o‘ta haqqoniy o‘ynaldi. Umuman olganda, o‘quv mashg‘ulotlari yaxshi tashkil qilindi va barchada yaxshi taassurot qoldirdi, ular shuningdek bunday harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq ko‘nikmalarga ham ega bo‘ldi», — deya o‘z so‘zini yakunladi Oleg Zagrebel'skiy.