«Chegara» va «Shimoliy O‘rtabuloq» konlarida istiqbolli neft' va gaz quduqlarini qurish
🇺🇿 ERIELL Group va JIZZAKH PETROLEUM MChJ mutaxassislari konlarni ishlash jarayonida uglevodorod flyuidlari kelib tushishi effektini o‘rganish bilan shug‘ullanmoqda. O‘tgan asrning 80-yillarida ishga tushirilgan «Shimoliy O‘rtabuloq» va «Chegara» konlaridagi quduqlardagi geologik-sanoat ma'lumotlarni tahlil qilish natijalari konning neftga boy uchastkalari, shuningdek konlarda yangi neft' porsiyalari sizib chiqayotganini aniqlash — to‘liq suv bosgan, ilgari uzoq vaqt turib qolgan quduqlarda neft' debitlarini tiklash bo‘yicha amalga oshirilgan geologik-texnik chora-tadbirlar samaradorligini ko‘rsatdi.
Yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlar natijasida «Chegara» konining 11-sonli va «Shimoliy O‘rtabuloq» konining 173-sonli quduqlari ishga tushirildi. Olingan neft' debitlari sutkasiga 40 t dan ortiqni va tegishincha sutkasiga 100 t ni tashkil etmoqda.
«Shimoliy O‘rtabuloq» va «Chegara» konlari O‘zbekiston Respublikasining bundan oldin 30 yildan ortiq vaqt davomida ekspluatasiya qilinib kelingan oriq konlardan biri hisoblanadi. Biroq, bu yerda qator tugab bitgan neft' va gazga boy konlarda (JIZZAKH PETROLEUMning lisenziyaviy uchastkalari) uglevodorod zahiralar tabiiy ravishda tiklanayotgani qayd etilgan. Dastavval bu olinayotgan zahiralar yetarlicha baholanmayotgani yoki gravitasiya kuchlari ta'siri ostidagi qoldiq neft' migratsiyasi bilan bog‘landi. Biroq, 2020 yilda o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlari davomida ekspluatasiya qilinayotgan konlardagi 70-80-yillardan boshlab ekspluatasiya qilinayotgan "eski" neft' va gazga boy konlarning aksariyatida uglevodorod zahiralarining tabiiy ravishda tiklanish jarayoni ketayotgani aniqlandi.
ERIELL Group va JIZZAKH PETROLEUM MChJ mutaxassislari tomonidan Geo Research and Development Company bilan hamkorlikda oriq konlarda zahiralarni to‘ldirayotgan va «inversion» quduqlarni aniqlash maqsadida mezonlar aniqlanib, samarali kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ular neft' qazib olinishini tiklash uchun manfaatli bo‘lishi mumkin. Tamom bo‘lgan deb hisoblangan istiqbolli konlarni tanlash, ularni reabilitasiya qilish va "yangi" neft' qazib olishni tashkillashtirish ishlari ikki bosqichda amalga oshirilmoqda.
Birinchi bosqich seysmik materiallar, quduqlarni sanoat-geologiya va geofizik tadqiq qilish, shuningdek neftni geokimyoviy tadqiq qilish natijalarini tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Bu ishlarning maqsadi konlarda tabiiy ravishda "yangi neft'" oqib chiqishi mumkin bo‘lgan joylarni to‘xtatish hamda qaytadan boshlash va kelgusida qazib olishni tashkillashtirish uchun istiqbolli nomzod quduqlarni tanlashdan iborat.
Ishlarning ikkinchi bosqichida quduqlarni reabilitasiya qilish, neft' qazib olishni tashkillashtirishga doir loyihalashtirish ishlari, zahiralarni to‘ldirayotgan uchastkalarni o‘rganish va tegishincha qazib olish hajmini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha seysmik va geologik-geofizik tadqiqotlar amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlar ERIELL Groupning O‘zbekiston Respublikasidagi ekslyuziv ishlanmasi hisoblanadi. Bunday ishlanmalar neft' va gaz qayta tiklanadigan resurs hisoblanishidan dalolat berishi mumkin.