September 4, 2022

ERIELL Group отметила День работников нефтяной и газовой промышленности

ERIELL Group отметила День работников нефтяной и газовой промышленности

В первое воскресенье сентября отмечается профессиональный праздник работников нефтяной и газовой промышленности. В частности, в Каршинском филиале ERIELL Group на БПО «Бешкент» прошло торжественное мероприятие.

Праздник состоялся по инициативе профсоюзного комитета и при поддержке руководства Компании. В рамках торжества организованы праздничный обед, концертная программа с участием музыкального ансамбля и артистов, были вручены награды, отраслевые грамоты и премии отличившимся сотрудникам, с торжественными поздравлениями выступили руководители отделов и видные деятели Компании.

ERIELL Group с особой заботой и вниманием относится к каждому работнику. Как известно, нефтяная промышленность является одной из основных отраслей промышленной индустрии, включает разведку нефтяных и нефтегазовых месторождений, бурение скважин, добычу нефти и природного газа.

Труд мастеров всех этих профессий невероятно важен. От их деятельности зависят бесперебойность работы всех отраслей народного хозяйства и комфортность жизни граждан. Эти люди зачастую рискуют своей жизнью и здоровьем. Можно только выразить восхищение мужеством и смелостью, решительностью и находчивостью, стойкостью, терпением этих трудолюбивых людей.

Праздник стал настоящей радостью для тысячи специалистов Компании. Многие производственники часто говорят, что успех любого предприятия зависит от людей, которые на нём работают. Ежегодные достижения ERIELL Group подтверждают это.

Мы поздравляем всех работников нефтяной и газовой промышленности с общим профессиональным праздником! Желаем уверенно идти вперёд, добиваться новых производственных достижений, высоких результатов в работе! Пусть всё удаётся с первого раза и покоряются любые высоты!

ERIELL Group neft va gaz sanoati xodimlari kunini nishonladi.

Sentyabr oyining birinchi yakshanbasida neft va gaz sanoati xodimlarining kasb bayrami nishonlanadi. Xususan, ERIELL Groupning Qarshi filiali “Beshkent” IXB qoshida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayram kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan korxona rahbariyati ko‘magida o‘tkazildi. Tadbir doirasida bayram dasturxoni yozilib, musiqiy ansambl va san'atkorlar ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi. Xizmat ko‘rsatgan xodimlarga faxriy yorliqlar va pul mukofotlari topshirildi, bo‘lim boshliqlari va kompaniyaning ko‘zga ko‘rinarli arboblari so‘zga chiqib, bayram bilan qutladi.

ERIELL Group har bir xodimga alohida e'tibor va g‘amho‘rlik bilan qaraydi. Ma'lumki, neft sanoati industriya sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, neft va neft-gaz konlarini qidirish, quduqlarni burg‘ulash, neft va tabiiy gazni qazib olish ishlarini o‘z ichiga oladi.

Bu kasb egalarining mehnati g‘oyatda muhim. Xalq xo‘jaligi barcha tarmoqlarining uzluksiz ishlashi va fuqarolar hayotining farovonligi ularning faoliyatiga bog‘liq. Bu odamlar ko‘pincha o‘z hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadi. Bunday mehnatkash insonlarning azmu shijoati va zukkoligi, matonati hamda sabr- toqati, jasorati hamda topqirligiga qoyil qolishdan o‘zga iloj yo‘q.

Bayram kompaniyaning minglab mutaxassislari uchun haqiqiy quvonchga aylandi. Ko‘plab ishlab chiqaruvchilar har qanday korxonaning muvaffaqiyati unda ishlaydigan odamlarga bog‘liqligini tez-tez ta'kidlaydilar. ERIELL Groupning har yilda erishadigan yutuqlari buni tasdiqlaydi.

Biz neft va gaz sanoati xodimlarini umumiy kasb bayramlari bilan tabriklaymiz. Ishonch bilan oldiga yurish, yangi ishlab chiqarish yutuqlari va ishlaringizda yuksak natijalarga erishishingizni tilab qolamiz! Barchasi bir urinishda muvaffaqiyatli amalga oshsin va har qanday cho‘qqilar zabt etilsin!