November 16, 2021

ERIELLning «O‘zbekneft'gaz» loyihasidagi ishlari

🇺🇿 ERIELL guruhi xodimlari tomonidan "2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosi qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi" loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda. Jumladan, Sho‘rtan NGQChB "Sho‘rtan" konida 345-sonli quduq qurilishi yakunlandi. Quduqni burg‘ulash 69-sonli burg‘ulash brigadasi tomonidan sermahsul gorizont bo‘yicha katastrofik singish sharoitlarida amalga oshirildi. Kavlab borishda yuzaga kelgan murakkabliklarga qaramay, chuqurligi 2971 metr bo‘lgan quduqni burg‘ulash muvaqqiyatli yakunlandi.

«Alon» konida ERIELL mutaxassislari tomonidan 221-sonli quduqni qurish ishlari yakunlandi. Bu kondan 44 yildan ortiq vaqt davomida foydalanib kelinmoqda, shuning uchun bu yerda bosim tushishi kuzatilmoqda. Bu eksplutasiyaviy ustun uchun burg‘ulashda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarga olib kelmoqda. Shu bilan birga tuz qatlamlari oralig‘ida gel'simon to‘yingan tuz eritmasi shaklidagi geologik qiyinchiliklar kuzatilmoqda, sermahsul gorizont bo‘yicha burg‘ulash esa anomal darajadagi past qatlam bosimi ostida amalga oshirilmoqda. Biroq, barcha qiyinchiliklarga qaramay, Kompaniya xodimlari qurilishni muvaqqiyatli yakunlashga muvaffaq bo‘ldi va chuqurligi 2950 metr bo‘lgan quduq buyurtmachiga foydalanish uchun topshirildi.

Shuningdek «Alon» konida 206-sonli quduqni, Qashqadaryo viloyatidagi Muborak neft' va gaz qazib chiqarish boshqarmasi «Zevardi» konida esa 309-sonli quduqni obodonlashtirish ishlari yakunlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi "Sharqiy Berdaq" konining 50, 81, 86, 87-sonli konlari EKH vositalariga ulandi.