November 29, 2021

ERIELL Burovik FJ yutuqlari

🇺🇿 ERIELL Burovik FJ Qarshining professional «Nasaf» FJ bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Birinchi match 5:5 hisobi bilan yakunlanib, bu ERIELL guruhining mintaqaviy korporativ jamoasi — ERIELL Burovik FJning yuksak darajadagi tayyorgarligidan dalolatdir.

25 noyabr' kuni «Nasaf» FJ to‘liq tarkibi va murabbiylar shtabi bilan match-revansh bo‘lib o‘tdi. O‘yin «Nasaf» foydasiga 7:6 hisobida yakunlandi.

«Nafaqat bizning jamoa, balki raqib jamoa ham bunday kuchli va qizg‘in o‘yinni ko‘rmagan edik. Bu hammamiz uchun ajoyib tajriba bo‘ldi», — dedi jamoa murabbiyi, MTT xizmati boshlig‘i Mizrob Sattorov.

ERIELLning Burovik jamoasini navbatdagi yutug‘i bilan tabriklab, unga kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!