December 10, 2021

ERIELL Burovikning o‘rtoqlik uchrashuvidagi mutlaq g‘alabasi

🇺🇿 Xalqaro futbol kuni arafasida ERIELL Burovik FJ Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining mini-futbol bo‘yicha havaskorlar o‘rtasidagi chempioni «Yakkabog‘ Profsoyuz» FJ bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Ikkala jamoalarning keskin va murosasiz ruhda o‘tgan birinchi taym yakunlariga ko‘ra, 5:5 hisob qayd etildi.

Ikkinchi taymda burg‘ulovchilar jamoasi o‘yinchilari raqibini o‘z maydoniga o‘tkazmaslik uchun barcha kuch va imkoniyatlarini jamladi. Ikkinchi taym yakunida ERIELL Burovik FJ foydasiga 10:6 hisob qayd etildi.

«Biz jamoamizning mashaqqatli mehnati, qat'iyati va hamjihatligi tufayli g‘alaba qozondik. Barcha futbol ixlosmandlarini Xalqaro futbol kuni bilan tabriklayman!Hammangizga sog‘lik-salomatlik va mutlaq g‘alabalar tilab qolaman», — dedi Eriell Burovik jamoasi murabbiyi, MTT xizmati boshlig‘i Mizrob Sattorov.