ERIELL Group: Buyurtmachidan minnatdorlik
🇺🇿 «Mustaqillikning 25 yiligi» loyihasida mehnat qilayotgan ERIELL Group xodimlari buyurtmachi Surhan Gas Chemical Operating Company e'tirofi va minnatdorligiga sazovor bo‘ldi.
Xususan, «Mustaqillikning 25 yilligi» loyihasi quduqlari og‘zini boylash usulini qayta ko‘rib chiqish orqali quduq qurilishi muddatlarini qisqartirishga qo‘shgan hissasi uchun quyidagilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi:
Mustafoev Zafar Musurmanovich - Loyiha rahbari
Farajov Iskander Sholanovich - Quduqlar og‘zini boylash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari
Ahadov Baxtiyor Bahodir o‘g‘li - Burg‘ulash bo‘yicha yetakchi muhandis-texnolog
Pozilov Imonjon Muxammadkasimovich - Loyiha bosh muhandisi
Hamkasblarimizni yangi yutuqlar bilan tabriklaymiz va bajarilgan ishlar uchun minnatdorchilik izhor etamiz!