ERIELL Group "Gazli" koni yubileyini nishonlash tadbirida
🇺🇿 Qo‘hna Buxoroda O‘zbekistonning eng yirik gaz konlaridan biri - V "Gazli"ning 65-yillik yubileyi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Gazli Gas Storage kompaniyasi xodimlari, kon tarixiga asos solgan faxriy xodimlar, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, «O‘zlitineftegaz», ERIELL Group, shuningdek boshqa idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Gazli Gas Storage vakillari ko‘p yillar davomida "Gazli" konida mehnat qilgan faxriylarni qutladi. Ularning mehnati uchun minnatdorlik ramzi sifatida faxriy xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tantanali qism ochilishida «O‘zbekneft'gaz» AJ raisi Ulug‘bek Sultanovich Nazarov ishtirok etib, u konning o‘tgan asrning 50-yillari o‘rtalaridan boshlangan tarixiga murojaat qildi. O‘z nutqida Ulug‘bek Sultanovich "Gazli"ning ulkan va boy tarixiga asos solgan barcha xodimlarni xotirladi.
Tadbir davomida yig‘ilganlarga tabrik so‘zi bilan Buxoro viloyati Romitan tumani xokimi Toxirov Xurshid Yax'yoevich yuzlandi.
Tadbirda kon faxriylari ham so‘zga chiqdi. Ular orasida Olimjon Abduraximovich Zakirov, G‘ani Ikramovich Ikramov, Ne'matjon Nizomovich Obidov, Kenjibay Erdashevich Erdashev va boshqalar ham bor. Ular shuningdek konda ishlagan yillari xotiralari bilan o‘rtoqlashib, Gazli Gas Storage rahbariyatiga barcha faxriylarga ko‘rsatilgan e'tibor va bayramona kayfiyat uchun minnatdorlik bildirdi.
«O‘zlitineft'gaz» raisi shuningdek Gazli Gas Storage tomonidan ERIELL Group bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarni ham tilga oldi. U hamkorlik davomida ERIELL Group tomonidan ilmiy-texnologik resurslarni jalb qilish tufayli "Gazli" konidagi olish qiyin bo‘lgan zahiralardan gaz oqimi olishga erishildi.
Umuman olganda hamkorlik davrida 16 ta neft' va gaz qudug‘i qurilish bilan tugallanib, bu Gazli Gas Storagega qisqa muddatlarda "Gazli" konida tabiiy gaz qazib chiqarishni tashkil qilish va neft' qazib chiqarishni oshirish imkonini berganini qayd etdi. Yer osti gaz ombori (EOGO) uchun 15 ta quduq burg‘ulandi, 48 ta quduq kapital ta'mirlandi. Tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.