September 10, 2021

ERIELL Group: Iroqdagi loyihaning burg‘ulash bo‘yicha pudratchisi 

🇺🇿 Joriy yilning 8 sentyabr' kuni ERIELL Group tomonidan Garraf konida burg‘ulash bo‘yicha shartnoma ijrosi doirasida ilk quduqni burg‘ulash ishlari boshlab yuborildi. Shartnomaga muvofiq, 23 ta qiya yo‘naltirilgan quduqni burg‘ulash rejalashtirilmoqda. PETRONAS Carigali Iraq Holding BV (PCIHBV) kompaniyasi operator bo‘ldi.

Iroqdagi loyihani amalga oshirish uchun Kompaniya tomonidan quvvati 2000 l. s. va yuk ko‘tarish quvvati 450 t bo‘lgan ko‘chirish tizimga ega ZJ70DB tipidagi ikkita burg‘ulash uskunasi o‘rnatildi.

Ilk burg‘ulash uskunasi yordamida K tarmog‘ida 10 ta qiya yo‘naltirilgan quduqni burg‘ulash rejalashtirilgan, ikkinchi qurilma esa G tarmog‘ida 13 ta quduqni burg‘ulash uchun qo‘llaniladi.

Shu kuni ERIELL Group Garraf konidagi Ga-K104P qudug‘ini burg‘ulashga kirishdi. Bu quduq Jsimon tipdagi vertikaldan 1517 m og‘ishgan va zenit burchagi 38,3° bo‘lgan qiya yo‘naltirilgan quduq hisoblanadi.

Quduq quyidagi konstruksiyada taqdim etilgan:

18-5/8” konduktor – 320 m;

13-3/8” texnik ustun – stvol bo‘yicha 1781 m (vertikal bo‘yicha 1533 m);

9-5/8” ekspluatasiyaviy ustun – stvol bo‘yicha 3009 m (vertikal bo‘yicha 2496 m).