November 2, 2021

ERIELL Group MBB xodimlari attestasiyasi

🇺🇿 Ishlab chiqarish aktivlarini boshqarish xizmati uchun ERIELL Group «O‘rta Osiyo» MBB xodimlari attestasiyasi o‘tkazildi. Uning asosiy vazifasi xodimlarning yo‘nalishlar bo‘yicha egallab turgan lavozimiga muvofiqligi, shuningdek korxonada mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi borasidagi bilimlarini tekshirish hisoblanadi. 

Xodimlar attestasiyasi kadrlar ishining eng muhim unsuri hisoblanadi. Attestasiyadan o‘tkaziladigan xodimlar tarkibi rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlarning faoliyati va lavozimiga muvofiq belgilanmoqda.

Ishlab chiqarish aktivlarini boshqarish xizmati xodimlari uchun attestasiya uch bosqichda o‘tkazildi: og‘zaki (komissiya oldida), yozma va komp'yuterda test topshirish.

Biletni tanlagach, xodim mustaqil ravishda qaysi savollarga og‘zaki yoki yozma javob berishini qayd etdi, yakunda esa u komp'yuterda qo‘shimcha test topshirdi.

Attestasiya ish beruvchiga har bir xodimning bilimi va professional darajasini baholash, kadrlarning professionalligini tanqidiy o‘rganish, tarkibiy bo‘linmalar kadrlar tarkibini yaxshilashga doir muammolarni aniqlash va ularning yechimini topish imkonini beradi.