ERIELL Group: O‘zbekiston madaniy merosining 3000 yilligini nishonlamoqda
UNESKO ko‘magida o‘tkazilayotgan forum doirasidagi O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining V an'anaviy kongressi
O‘zbekistonda Madaniy meros haftaligi doirasida Butunjahon jamiyatining "O‘zbekiston madaniy merosi - yangi Renessans poydevori" V yubiley Kongressi bo‘lib o‘tdi. Tadbir respublikaning 3 ta shahri – Toshkent, Xiva va Nukusda o‘tkazildi.
Madaniy meros haftaligining muhim hodisalaridan biri Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusiga ko‘ra va UNESKO ko‘magida tashkil etilgan «Markaziy Osiyo tamaddunlar chorrahasida» xalqaro madaniy forumi doirasida o‘tkazildi.
Kongress mazkur yo‘nalishda dunyodagi eng yirik madaniy voqelik hisoblanib, vazifalari O‘zbekistonning manuskriptlari va boshqa madaniy meros artefaktlarini butun dunyodagi muzeylar, kutubxonalar va universitetlardan izlash va yig‘ishdan iborat bo‘lgan Butunjahon jamiyatining besh yillik yubileyiga bag‘ishlanadi. Hozirgi vaqtga kelib Jamiyat tomonidan qadimiy hujjatlarning faksimilelarini o‘z ichiga oluvchi 50 ta jild, shuningdek 1000 dan ziyod maqola va chiqishlar chop etildi. U 35 ta mamlakatdan 200 dan ortiq muzey bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Butunjahon jamiyatining a'zolari qariyb 350 nafar xalqaro olim va tadqiqotchilar kiradi.
Hamkorlar — loyihaga asos solingan vaqtdan beri uni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan O‘zbekistonning ERIELL Group va Enter Engineering kompaniyalari uning muvaffaqiyatida hal qiluvchi rol' o‘ynadi. Butunjahon jamiyati Kompaniyalar guruhining:
• dunyoning o‘nlab mamlakatlarida 50 dan ortiq tadbirni o‘tkazish;
• buyuk qadim Sharq qo‘lyozmalarining e'lon qilinadigan yettita noyob faksimile nusxalarini chop etish;
• tadqiqot va ilmiy ishlar olib borish uchun chet elga yuzlab xizmat safarlarini qo‘llab-quvvatlash;
• tarixiy eksponatlar va qo‘lyozmalarni saqlash uchun ilg‘or ilmiy texnologiyalarni joriy etish uchun "O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida" turkumiga kiruvchi 50 ta noyob illyustratsiyali kitob-al'bomlarni chop etishga qo‘shgan hissasini alohida e'tirof etdi.
Kongressning ahamiyatini qayd etgan holda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati Boshqaruv raisi Firdavs Abduholiqov quyidagilarni qayd etdi:
«Mazkur loyiha – jamoat, davlat va xalqaro tashkilotlar hamkorligi, shuningdek Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy mas'uliyatli biznesning yorqin namunasidir. Bugun beshinchi Xalqaro kongress o‘z ishini yakunlayotgan paytda Jamiyat a'zolari o‘z murojaatlarida O‘zbekiston Prezidenti va Hukumatiga mazkur umumdunyoviy harakatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani va boy madaniy merosni saqlash va o‘rganish masalariga qaratgan e'tibori uchun minnatdorlik bildirdi. Biz shuningdek nafaqat loyihamiz hamkori, balki bizning sherigimiz va loyihani amalga oshirishda faol ishtirok etgan ERIELL Group va Enter Engineering hamda ularning Boshqaruvi Raisi Baxtiyor Fozilovga minnatdorlik izhor etamiz».
Mark Bonnel', «Avisenna-Fransiya» xalqaro assosiasiyasi prezidenti:
«Biz O‘zbekiston Prezidenti o‘z mamlakati madaniy merosini naqadar asrab-avaylayotgani va unga ehtiyotkorona munosabatda ekanidan hayratdamiz. Kongress va loyihaning boshqa tadbirlari – beqiyos ahamiyatga ega dunyo miqyosidagi voqeliklardir. Biroq, respublika Hukumati va Yangi O‘zbekistonning haqiqiy vatanparvarlari bo‘lgan ishbilarmonlarning jiddiy e'tiborisiz ularni amalga oshirish mushkul bo‘lar edi. «O‘zbekiston madaniy merosi dunyo kolleksiyalarida» loyihasi ERIELL Group va Enter Engineering tomonidan qo‘llab-quvvatlagani yuksak e'tirofga loyiq. Ishonchim komilki, bunday sheriklar bilan biz juda zo‘r natijalarga erishamiz va yangi ufqlarni kashf qilishga muvaffaq bo‘lamiz».
Baxtiyor Fozilov, ERIELL Group va Enter Engineering Boshqaruvi Raisi:
«Kongress dunyodagi shunday miqyosdagi madaniy tadbirlardan eng yirigidir va biz ulkan faxr va iftixor tuyg‘ulari bilan Jamiyatga asos solingan yildan boshlab uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlab kelmoqdamiz.
Olimlar, biznes vakillari, YuNESKO singari yetakchi xalqaro tashkilotlar o‘rtasida to‘liq hayrixohlik va bizning dunyoga yuzlanish yo‘lidagi sa'y-harakatlarimiz hamda butun insoniyatning boyligi hisoblangan O‘zbekiston madaniy merosi bilan o‘rtoqlashishga intilishimizda mushtaraklik mavjud».
Aleksandr Vil'gel'm, Mueller & Schindler Publishing House (Avstriya) nashriyoti marketing va rivojlanish bo‘yicha vise-prezidenti:
«O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaning bir qismi bo‘lish biz uchun ulkan sharaf. Butunjahon jamiyatining qadimiy va o‘rta asr qo‘lyozmalarning aniq nusxalarini izlash, o‘rganish va qayta yaratish bo‘yicha tadqiqot amaliyoti yuksak hurmatga sazovor hamda o‘z maqsadlari va ko‘lami bo‘yicha beqiyos. Madaniy meros bo‘yicha chop etilgan 50 ta jild, shuningdek biz Butunjahon jamiyati bilan hamkorlikda va ERIELL Group va Enter Engineering ko‘magida yaratish baxtiga muyassar bo‘layotgan faksimile nashrlari – bu nafaqat O‘zbekiston xalqi, balki dunyo hamjamiyati uchun ham beqiyos ne'matdir».