ERIELL Group: «O‘zbekneftgaz» AJ bilan hamkorlik
🇺🇿 «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaev boshchiligidagi Ishchi guruh "2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosi qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi" ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ob'ektlarda ERIELL Group faoliyati bilan tanishdi.
Xususan, Mehriddin Abdullaev "Sharqiy Berdaq" konining 2-sonli qudug‘iga tashrif buyurib, burg‘ulash ishlari borishi bilan tanishdi.
Ishchi guruh birinchi navbatda burg‘ulash jarayonida ishtirok etayotgan barcha xodimlar uchun yetarli sharoitlar yaratish masalalari, ularning kuz mavsumiga mo‘ljallangan maxsus ish kiyimlari va turar-joy bilan ta'minlanganlik darajasini o‘rgandi.
Ishchi komissiya a'zolari "Quyi Surgil" konining 6, 11, 21, 22-sonli quduqlarida olib borilayotgan burg‘ulash va tabiiy gaz qazib olish ishlari bilan tanishdi.
«Quyi Surgil» konida sanoat darajasida o‘zlashtirish ishlari jadal suratlar bilan davom ettirilmoqda, mintaqaning boshqa hududlarida ham, qo‘shimcha, yangi istiqbolli uchastkalarni ochish rejalashtirilgan.
Shu kuni Boshqaruv raisi "Sursuar" konidagi 2-sonli quduq faoliyati va u yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan xam tanishdi.
Tashrif chog‘ida "2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosi qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi" bo‘yicha sostoyalsya obmen mneniyami po bosh pudratchi hisoblangan ERIELL Group mutaxassislari bilan quduqlarni burg‘ulashning tijoriy sur'atini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
Shu bilan birga ERIELL Group vakillari bilan joylarda burg‘ulanayotgan «Quyi Surgil-21», «Sharqiy Berdaq-56NN» va «Sharqiy Berdaq-65NN» konlarini joriy yilning oktyabr' oyida ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.
Geologiya-qidiruv ishlarni amalga oshirish doirasida Ustyurt mintaqasidagi konlar va ob'ektlarning yangi istiqbolli uchastkalarini aniqlash, ularning hududlarida chuqur qatlamlarni o‘rganish, barcha ma'lumotlarni kompleks tahlil qilish bo‘yicha tahlil o‘tkazish zarur.
Ustyurt konlarida joriy yilning yanvar'-iyul' oylarida malga oshirilgan ishlar natijasida qazib olinayotgan tabiiy gaz miqdori 2,1 mlrd kub. metrga yetib, bu rejadagi ko‘rsatkichdan 105,8 % ga ko‘pdir.
2021 yakuniga qadar 68 ta geologik-texnik chora-tadbirlar (burg‘ulashdan so‘ng 16 ta gaz quduqlarini ishga tushirish, 50 ta gaz quduqlarini kapital ta'mirlash va intensifikasiya qilish, texnologik yo‘nalishdagi ikkita ob'ekini foydalanishga topshirish)ni amalga oshirish rejalashtirilgan. Qo‘yilgan vazifalarni bajarish 956,4 mln kubmetr tabiiy gaz qazib olish uchun asos yaratadi.